Ukraina maktablarining 70 foizdan ortiği rus tili darslaridan voz keçmoqda. Turli hududlarda rus tiliga ixtisoslaşgan sinflar yopilmoqda, böş qolgan soatlar esa ingliz tilini örganişga yönaltirilmoqda. Bu haqida Ukraina Ta'lim vazirligidagi manbasiga asoslanib, RT xabar berdi.
Rus tilidagi maşğulotlarning ötilişi töğrisidagi qarorni har bir öquv muassasasidagi ota-onalar qömitasi qabul qiladi. Aksariyat ota-onalar mahalliy amaldorlar bosimi ostida rus tili darslari ötilişiga qarşi çiqmoqda. Şu örinda ta'kidlaş joizki, maktablardagi ukraina tili darslari sifati talabga javob bermaydi.
"Ukraina maktablarida rus tilida sözlaşuvçilar soni tobora kamayib bormoqda. Uç yil avval Ukrainadagi 17 mingdan ziyod maktabning deyarli har birida rus tili öqitilgan bölsa, hozirda öquv muassasalarining 70 foizga yaqini bu darsdan voz keçgan", - deydi Ta'lim vazirligidagi manba.
"Ota-onalarning aksariyati ingliz tili soatlari köpayişini istaşmoqda", - qöşimça qiladi u.
Mahalliy ma'muriyat bunday özgarişlarga qarşi emas - ular ota-onalarni rus tilidan butkul voz keçib, ukrain tiliga murojaat qilişga çorlaşmoqda.












