Uorren Baffett haqli ravişda barça davrlarning eng buyuk sarmoyaçisi hisoblanadi. Boşqa bolalar öyinçoq öynab yurgan bir paytda, u 11 yoşidanoq fond bozorida "öynagan". Baffett butun umrini şunga bağişladi, bu borada ulkan tajriba töpladi va salmoqli natijalarga erişdi. 

Berkshire Hathaway rahbari Uoll-stritni kitob kabi öqiş mumkinligini isbotladi. Forbes ma'lumotlariga köra, uning aktivlari sof daromadi deyarli 75 milliard dollarni taşkil qiladi - bu esa uni sayyoraning eng badavlat kişilaridan biriga aylantiradi.

Biroq sarmoyaviy iste'dodiga qaramay, hatto Uorren Baffettt ham xatolardan xoli emas. Baffett aybni öz xodimlariga ağdaruvçi ba'zi rahbarlardan farqli ölaroq, öz xatolarini tan oladi va aksionerlar oldidagi mas'uliyatni his qiladi.

Agar siz öz investitsion mahoratingizni çarxlamoqçi bölsangiz, uning ğalaba va mağlubiyatlari tarixiga nazar soliş foydadan xoli bölmaydi. InsiderPro Uorren Baffettning örganib çiqilişi kerak bölgan 10 xatosiga doir ma'lumot bilan bölişdi.

 

1. Berkshire Hathaway xaridi

2010 yilda CNBC kanalining "Squawk Box" körsatuvida Bekki Kvik bilan keçgan intervyuda Baffett şunday degan: "Hayotim davomida xarid qilgan eng bema'ni aksiyalar - bu... Berkshire Hathaway".

Baffett ilk marta 1962 yilda Berkshire Hathaway - inqiroz yoqasida turgan töqimaçilik kompaniyasiga sarmoya kiritgan. U zavodlarning yopilişida pul işlab olişi mumkin deb öylagani bois aksiyalarni xarid qilgan.

U kompaniya rahbariyati bilan uçraşib, narx borasida kelişib olgan, biroq keyinçalik firma endigina iş boşlayotgan investordan kelişuvdagidan köproq pul tortib olişga harakat qilgan. Bundan ğazablangan Baffett kompaniya ustidan nazoratni sotib olib, direktorni işdan böşatgan va yana 20 yil mobaynida halokat yoqasidagi töqimaçilik biznesini yuritişga uringan. Baffettning keyinçalik ta'kidlaşiça, şirin qasos unga 200 milliard dollarga tuşgan. Uning sözlariga köra, "buning örniga yaxşi bir suğurta kompaniyasini xarid qiliş osonroq keçardi".

Masalaning mohiyati şundaki, investitsion qarorlarni his-tuyğularga berilib qabul qilib bölmaydi. Baffettdek öç oliş istagida bölasizmi yoki şunçaki muammoli biznesni qutqarib qolmoqçisimisiz, şuni unutmangki, biznes hissiyotlarga emas, faktlarga asoslanişi kerak.