Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 8 avgust kuni “Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylaştirilgan.

Hujjat bilan Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştirişga doir çora-tadbirlar dasturi; konservatoriyaning tarkibiy tuzilmasi; Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştirişga doir çora-tadbirlar dasturini amalga oşiriş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Belgilanişiça, madaniyat vaziri bir vaqtning özida Özbekiston davlat konservatoriyasining rektori böladi.

Konservatoriyaga quyidagi manzildagi binolar topşiriladi: Mustaqillik şoh köçasi, 31-uyda joylaşgan bino (V.Uspenskiy nomidagi RIMAL), Buxoro köçasi, 10-uyda joylaşgan bino (Respublika fond birjasi binosi), şuningdek Toşkent viloyati Böstonliq tumanida joylaşgan sanatoriy “Musiqa oromgohi” degan nom bilan.

Konservatoriya binosida “Noyob çolğular davlat kolleksiyasi” taşkil etiladi. Şuningdek, Olmazor köçasi, 1-uy manzilida joylaşgan binodagi asbob-uskunalar modernizatsiya qilinadi.

4 oy muddatda konservatoriyaga abituriyentlarni öqişga qabul qiliş böyiça ötkaziladigan kasbiy (ijodiy) kiriş imtihonlari tartibiga özgartirişlar kiritiş yuzasidan takliflar kiritiladi. Bundan taşqari, Toşkent şahar hokimligiga yuqori malakali xodimlar, jumladan, iqtidorli yoş mutaxassislar uçun imtiyozli ipoteka kreditlari asosida Toşkent şahrida quriladigan köp qavatli uylardan uy-joylar ajratiş topşirildi.