Shimoliy Koreya o‘zining qit'alararo ballistik raketalariga o‘rnatish uchun yadroviy jangovar kallak yaratgan bir paytda, yapon harbiylari AQShning supersonik (tovush tezligida uchuvchi qiruvchi-bombardyor) samolyoti ishtirokida havodagi mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Seshanba kuni oqshomda boshlangan harakatlar Koreya yarimoroli havo chegarasiga yaqin hududda o‘tkazilmoqda.

Yaponiyaning janubiy Kyushu osmonida olib borilayotgan harbiy harakatlarda AQShning ikkita Lancer B-B1 bombardimonchi samolyotlari va Yaponiyaning ikkita F turkumidagi jyet qiruvchilari ishtirok etmoqda.

Bugun, 9 avgust kuni​ rasmiy Pxenyan bu harakatlarga javoban AQShning Tinch okeani havzasidagi Guam orolini «yo‘q qilib» yuborishini ta'kidlagan.

Ayni shu Amerika orolida B-B1 turkumidagi bombaryorlar saqlanadigan Anderson havo-harbiy bazasi joylashgan.