Apple'ning yaqindagina olgan patenti orqa tomoni force-touch-interfeysli yangi sensor qurilmaga işora qiladi. Patent «iPhone nano» nomli qurilmani ta'riflaydi. Hi-Tech şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Taşqi körinişiga qaraganda, bu - telefon interfeysiga ega, Force Touch aks aloqali va matnli operatsion tizimli an'anaviy iPod nano. 

Ötgan oyda Apple rasman iPod nano işlab çiqarişni töxtatgan edi, şunday bölsa-da, u «iPhone nano» körinişida "qaytişi" mumkin. Umuman olganda, bunday konsepsiya patent arizasi ilk marta topşirilgan vaqt - 2007 yilda ahamiyatli bölardi, bugun esa kiçik displeyli smartfonlar maşhur emas. 

Apple'ga berilgan 9,727,082 raqamli patent 2007 yilning birinçi çoragida topşirilgan bölişiga qaramay, kuni keça  AQŞning Patentlar va savdo belgilari boşqarmasi tomonidan çop etildi. 

Apple taxminan 50 patent olgan bölib, iPhone Nano, uyali aloqa qöllab-quvvatlanuvçi MacBook Pro, integratsiyalaşgan sensorli displey va boşqalar şular jumlasidandir.