Kun.uz tahririyatiga murojaat kelib tuşdi. Unda P.F.Borovskiy nomidagi Toşkent tibbiyot kollejining taqdiri böyiça tarqalgan turli ma'lumotlarga oydinlik kiritiş söraldi. 

Murojaatni yuborgan fuqaroning bildirişiça, avval kollejdagi talabalar ota-onalariga hujjatlarni janjal-töpolon qilmasdan olib ketişni aytişgan, keyin esa kollej tugatilgani va öquvçilar hujjatlarini poytaxtdagi boşqa tibbiyot kollejlariga olib ketişdan özga çora yöqligi ma'lum qilingan. 

Murojaatni yuborgan fuqaro Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari E.Bositxonova tomonidan yuborilgan xatni ham ilova qilgan. Unda aytilişiça, Özbekiston Boş vazirining 2017 yil 16 iyundagi yozma körsatmasiga asosan, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji faoliyati 2017-2018 öquv yilidan boşlab tugatiladi.

Xatda bildirişiça, şu sababdan kollej talabalari öqişni Toşkent şahridagi boşqa tibbiyot kollejlarining tegişli yönalişlari va kurslariga köçirgan holda davom ettirişlari mumkin.

“2017-2018 öquv yilidan boşlab P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejiga öquvçilarni qabul qiliş töxtatildi. Kollejning 2-3 bosqiçlari talabalari ota-onalari bilan uçraşuvlarda aynan uşbu kollejni tamomlaganlik haqida diplom oliş istaklari qayd etilgan, hamda öquvçilarni majburan köçiriş turli ziddiyatlarga olib kelişi mumkin. Toşkent şahar hokimining bu masala böyiça tavsiyalarini hisobga olib, Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekiston Boş vaziriga kollejni öquvçilar bosqiçma-bosqiç tamomlaşi haqida taklifga ega xat bilan murojaat qilgan. Şu munosabat bilan Soğliqni saqlaş vazirligi bu masala hal etilgaç, u böyiça qöşimça ma'lumotni taqdim etadi”, - deyiladi xatda.

Tahririyat masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan boğlanişga urindi. Ulardan birining aytişiça, bu yil uşbu tibbiyot kollejiga qabul haqiqatdan ham bölmaydi. Örta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi rahbari, Soğliqni saqlaş vaziri, içki işlar xodimlari ta'lim muassasasining öziga borib, ota-onalarga tegişli tuşuntirişlar berişgani aytildi. 

Ma'lum qilinişiça, ayni kunda uşbu tibbiyot kollejining 2-3 bosqiç talabalarini yönalişi böyiça 3 ta ta'lim muassasasiga köçiriş böyiça qaror loyihasi tayyorlanmoqda. 

Öz lavozimini oşkor etişni xohlamagan boşqa bir xodimning sözlariga köra esa, ayni damda talabalar va ota-onalar örtasida faqatgina “Sen qayerda öqiysan?”, “Farzandingizni qayerda öqitasiz?” savollariga ega sörov ötkazilmoqda. P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji böyiça hozirda tahlil ketayotgani aytildi.