5 avgust kuni Majburiy ijro byurosi Bulunğur tumani bölimiga tumandagi «Sohibkor» MFY Oqtepamitan qişloğida yaşovçi fuqaro Sirojiddin Ergaşev murojaat qiladi.

Öz Murojaatida S.Ergaşev Bulunğur tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Qodirov Ma'ruf va Şavkat Ergaşev undan 2016 yilning yoz oylarida elektr energiyadan mavjud bölgan 540 ming söm qarzdorlikni va yangi plastik elektr hisoblagiçni örnatib beriş evaziga 700 ming söm pullarini olib, hozirgi kunga qadar pullarni qaytarmay, yangi elektr hisoblagiçni örnatib bermayotganligini bayon etgan va ularga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

6 avgust kuni soat taxminan 19:00 larda Majburiy ijro buyurosi Samarqand viloyati boşqarmasi va Bulunğur tuman bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Bulunğur tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Ma'ruf Qodirov va Şavkat Ergaşevlar firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan 700 ming söm pulning 150 ming sömini fuqaro Sirojiddin Ergaşevga qaytarib berişayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qölga olingan.

Majburiy ijro byurosi Bulunğur tumani xodimlari tomonidan dastlabki olib borilgan tergov-suriştiruv işlari natijasida fuqaro Ma'ruf Qodirov va Şavkat Ergaşevlar öz ayblariga iqror bölib, firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan 700 ming sömdan qolgan 550 ming sömini öz ixtiyori bilan taqdim etgan. Ayni paytda uşbu holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Bulunğur tumani bölimi tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.   

Farhod Norbötayev,
jurnalist