Bulunğur tumani IIB profilaktika inspektori jinoiy jazoga tortildi. Unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi JIB Payariq tuman sudida körib çiqilib, hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1986 yilda tuğilgan I.X. Bulunğur tumani Kildon mahallasi profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
2025 yil 20 fevral kuni Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasiga 2008 yilda tuğilgan voyaga yetmagan B.B. amakisiga tegişli Cobalt maşinasini özboşimçalik bilan boşqarib ketgani haqida xabar kelib tuşadi. Profilaktika inspektori I.X. 21 fevral kuni B.B.ni qarindoşlari bilan birga izlab, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hududidan topgan. Söngra xodim ösmirni uyiga olib borgan va uning onasidan öğlini olib keliş uçun Zarbdor tuman içki işlar xodimlariga 400 ming söm berganini aytib, uşbu miqdordagi mablağni bank kartasiga ötkazib olişga erişgan.
Şundan söng, profilaktika inspektori “Bu bola qamaladi, endi qonun oldida javob berişi kerak” deya qörqitib, B.B.ni qarindoşlari yonidan olib çiqib ketgan. Biroq profilaktik tadbir ötkazmasdan yoki biror hujjat rasmiylaştirmasdan B.B.ni tungi vaqtga qadar özi bilan olib yurgan. Soat 22:30 larda voyaga yetmagan yigitning onasi K.Q.ga qönğiroq qilib, farzandini IIB ma’muriy binosidan olib ketişni aytgan. Ammo K.Q. kelmagaç, B.B.ni soat 23:00 larda yaşaş uyiga olib kelib, qarindoşlariga qoldirib ketgan.
B.B. qilgan qilmişi uçun qamalişi haqida aytilgan gaplardan qörquvga tuşib, 2025 yil 22 fevral kuni yaşaş uyi molxonasida dizel yoqilğisini ustiga sepib, öziga özi öt qöygan. Buning oqibatida oğir darajadagi kuyiş jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan. U körsatilgan tibbiy yordamga qaramay 2025 yil 6 may kuni şifoxonada vafot etgan.
Profilaktika inspektori I.X. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan va B.B.ning ölimida aybi yöqligini, unga tahdid qilmaganini, marhumning yaqinlari unga tuhmat qilayotganini aytgan.
“B.B.dan nega bunday qilganini söraganimda u amakisi uyidagi tovuq va ğoziga qaramagani uçun urganini, şundan söng qörqib, maşinani boşqarib ketganini ma’lum qildi. Zarbdor tumanida B.B. “Aka, sizda gapim bor, 400 ming söm berib turing, telefonimni olay, faqat akam bilmasin. Agar bilsa meni öldiradi, uning xarakteri yomon” deya yalina boşladi. Çöntagimdan 400 ming söm pul olib, B.B.ga tutqazdim. U yoşi özi tengi bola bilan gaplaşib, Samsung A53 telefonini olib keldi va “Sizda turib tursin, uyda onamdan pul olib beraman” dedi. Şundan keyin Bulunğur tumaniga qaytdik.
B.B.ni uyiga olib borganimda onasi çiqib, “qayerga taşlaş kerak öğlim olgan pulni?”, deb söradi. Onamning nomiga oçilgan bank kartasi raqamini aytdim. K.Q. 400 ming söm ötkazib berdi. Men B.B.ning onasi va qarindoşlaridan pul söraganim yöq. B.B.ni foş etilmagan jinoyatlarni uning böyniga qöyiş bilan qörqitmaganman. Bu – tuhmat

















