Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mintaqaning yetakçi mamlakat rahbarlaridan uç nafari bilan mudofaa, iqtisodiyot va muhojirlar masalasi böyiça muzokaralar olib boriş maqsadida uçraşadi. Bu uçraşuv öz örnida Fransiya prezidentiga mamlakat qöşni mamlakatlari bilan özaro diplomatiyasini tartibga solişda yordam beradi.
Şunday qilib, 28 avgust kuni ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuvga Germaniya kansleri Angela Merkel, Ispaniyadan Mariano Rahoy va Italiya rahbari Paolo Jyentiloni kelişi ma'lum böldi. Şuningdek, Makron şu oyning sönggi kunida Niderlandiya boş vaziri Mark Rute bilan ham uçraşadi.
Frantsuzlar yetakçisi 23-25 avgust kunlarida Avstriya, Bolgariya va Ruminiya davlatlariga rasmiy taşrif bilan borişi rejalaştirilgan.
May oyida ötkazilgan prezidentlik saylovida ğolib bölgan 39 yoşli Emmanuel Makronning sönggi paytda xalq orasida nufuzi tuşib borayotgan edi. Bunga mehnat kuçi borasida qilinayotgan islohotlar, boşqaruv etikasidagi yangilik va rafiqasining «birinçi xonim» maqomini olişi kabi masalalar sabab bölişi mumkin.












