Google’ning sobiq va hozirgi xodimlari bölgan 60dan ortiq ayol kompaniyani sudga bermoqçi. Ular Google'ni jinsga ajratiş asosida iş haqini notenglik bilan tölaşda ayblaşmoqda. Bu haqda The Guardian sudga ariza tayyorlayotgan huquqşunos Jyeyms Finbergga asosan xabar berdi.
«Ular, ayollar xuddi şunday ta'lim va tajriba darajasiga ega bölgan erkaklarga qaraganda kamroq haq tölanadigan işga qöyilayotganidan taşvişda», - deya Finbergning sözlarini keltiradi gazeta.
Advokatning xabar berişiça, ayol xodimlar unga pastroq lavozimda bölgan erkak xodim ayol-rahbardan köproq işlab topişi bilan boğliq holatlar haqida aytib berişgan.
Naşr ayolning sözlarini keltiradi. Uning iddao etişiça, yillik iş haqi şu lavozimdagi erkak hamkasbidan 40 ming dollarga kamroqni taşkil etadi. Yana bir ayol xodimning ma'lum qilişiça, jins böyiça ajratiş tufayli 12 ayol işdan böşatilganini şaxsan biladi.
Google vakilining ta'kidlaşiça, iş haqi miqdori haqidagi qaror qator mezonlar asosida qabul qilinadi, bunda jins heç qanday ahamiyat kasb etmaydi.
«60 kişi – bu misol keltiriş uçun juda kam son. Har doim iş haqida farqlar böladi. Bu jins bilan emas, balki kompaniya ofisi qayerda joylaşgani, xodimning örni va muvaffaqiyatlari bilan boğliq», - deya uning sözlarini keltiradi The Guardian.
Avvalroq Google ayollar IT sohada muvaffaqiyatga erişa olmasligini aytgan xodimni işdan haydagani xabar berilgandi.












