Boşqirdistonda garajning içida narkolaboratoriya taşkil qilib, u yerda 92 tup naşa giyohvandlik vositasini sotiş maqsadida yetiştirgan özbekistonlik fuqaro 9 yil va 4 oylik qattiq rejimdagi koloniya jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Rossiya Boş prokuraturasi seşanba kuni xabar qilgan.
Aniqlanişiça, uşbu şaxs fevralda Alşeyevsk tumanining Rayev qişloğidagi garajni ijaraga olgan. Söng bu yerda giyohvandlik vositasini yetiştiriş uçun maxsus yoritiş qurilmalari, gazli va ultrabinafşa çiroqlar, harorat ölçagiçlar, taymerlar sotib olgan. Şu tariqa, u 92 tup naşani sotiş maqsadida yetiştirgan.
"Sud erkakni 9 yil va 4 oyga qattiq rejimdagi axloq tuzatiş koloniyasiga mahkum etdi", - deyiladi xabarda.












