Saudiya Arabistoniga qönuvçi samolyotlardagi yölovçilar uçun joriy qilingan «kiyiniş odobi» köpçilikni taajjubga solmaydi, negaki, bu mamlakatdagi sunniy aqidalariga asosan boşqariladi. Şunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan bu yangilik tanqidga ham uçrab turibdi.
Yaqin Şarq mintaqasidagi eng boy xalqlarning biri hisoblangan arablar yölovçilardan «boşqalarga noqulaylik tuğdirmaydigan va kamsitmaydigan» ravişda kiyinişni söramoqda.
«Ayollar juda tor yoki şaffof kiyimlarni kiyiş, qöl va oyoqlari oçiq holda kiyiniş mumkin emas. Erkaklar ham oyoqlari oçiq holda kalta kiyimlar kiyişi man etiladi», - deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilar bu özgarişni ijobiy qabul qilgan, ammo xorijlik sayyohlar uçun Saudiyaga taşrif buyuriş muşkul vazifasiga aylanib qolişini alohida ta'kidlaşmoqda.
«Demak, aeroportda yangi kiyim sotib oliş yoki parvozni bekor qiliş kerak ekan», - deydi ulardan biri.











