Bugun, 9 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi ötkazilmoqda.
Videoselektor davomida prezident ötgan hafta televideniyeda yoritilgan, Toşkent viloyati, Oqqörğon tumanidagi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş şahridagi vaziyatga e'tibor qaratdi.
«Kun» muxbiri xabar berişiça, prezident Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Muso Yerniyozov hamda Toşkent viloyati hokimi Şukrullo Boboyevni keskin tanqid qilib, ogohlantirdi.
«Işlamaganlar ketadi. Ikki yil çidanglar, ikki yil özlaringni qiynanglar. Ikki yildan keyin bari joy joyiga tuşadi.
Ikki yildan keyin yoş yigitlar keladi. Zabardast, fidoyi, muhimi vatanni sevadigan bolalar! Mana, hozir yoşlar kelayapti. 25 yoş bölsayam vazir qilaman! Vatanni sevsa, böldi! Örgataman ularni! Sizlarga esa şunça selektordan keyin ham örganmayapsizlar. (jimlik)
Oqqörğondagi ahvolni kördim, dardini eşitdim. Uyqu keladimi közga? Soat ikki edi...
Yoki Taxiatoşda gapirgan ayolning ahvolidan közga yoş keladi. Bu Özbekistonda bölayotganiga işonib bölmaydi.
Janob Erniyozov esa, «Bu meniki emas ekan, «Özbekenergo»niki ekan», deb özlarini xursand qilayapti. Göyoki, Taxiatoşdagi muammolar unga taalluqli emas.
Bu faqat ikki holat. Hamma viloyatga taalluqli bu. Hammaning oyoği yerdan uzilgan, buni juda yaxşi bilaman. Eplolmaysanmi, ket unda, vijdoning bölsa.
Axir odamlar kundalik ehtiyoj bölgan içimlik suvi yoki yaşaş uçun boşpanaga zor bölib ötiribdi», degan prezident.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda prezident 23 yoşli Alişer Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga örinbosar, 25 yoşli Olim Töyçiyevni Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi boş direktoriga örinbosar etib tayinlagandi.









