Bugun, 9 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi ötkazilmoqda.

Prezident hokimlarning hisobotlaridan qoniqiş hosil qilmayotgani, hududlarda kamçilik va muammolar saqlanib qolayotganini bildirgan.

«Kun» muxbiri xabar berişiça, videoselektor davomida prezident ötgan hafta televideniyeda yoritilgan, Toşkent viloyati, Oqqörğon tumanidagi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş şahridagi vaziyatga e'tibor qaratgan.

«Televideniye orqali namoyiş etilgan Toşkent viloyati, Oqqörğon tumanidagi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş şahridagi haqiqiy ahvol özini hurmat qilgan va özini Özbekiston fuqarosi degan har kimning qalbini junbişga keltiradi. 

Mayli, Oqqörğon tumani hokimi endi tayinlandi. Sizçi Muso Tojiddinoviç, (Yerniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği kengesi Raisi – tahr) siz yigirma yildan beri rahbarsizku? Bu yotoqxonalar «Özbekenergo»ga tegişli ekan deysiz. Qoraqalpoğistondagi hamma fuqaro uçun, u yerdagi hamma iş uçun siz mas'ul emasmisiz. Bu qanday javob? Şunça vaqtdan buyon bu yotoqxonalar «Özbekenergo»ga tegişli ekanini endi bildingizmi?

Ahvolni tuzatmasangiz, Taxiatoşga hokim qilib tuşiramiz sizni», deya ogohlantirgan prezident.

Şundan söng Mirziyoyev Toşkent viloyati hokimi Şukrullo Boboyevga yuzlanadi.

«Janob Boboyev, siz bilan ham hisob-kitob vaqti keldi. Ğöddayib yurişni yiğiştiring. Uddalasangiz, uddalang. Yöqsa siz bilan ham juma kuni hisob-kitob qilamiz.

Men siz uçun hokimlik qilmayman. Har bir tumaningizni aravasini men tortişim kerakmi, janob Boboyev? Avval direktor muovini bölganingizni unuting (Boboyev muqaddam Angren şina zavodida işlagan - tahr). Siz eng katta viloyatimiz hokimisiz. Men sizga hamma vakolatni berganman.

Aravani tortmaganlar işlamaydi», degan prezident.