2017 yil 9 avgust kuni Xalqaro Press-klubda “Özbekiston temir yöllari: yangi loyihalar va zamonaviy xizmat” mavzusida navbatdagi sessiya bölib ötdi. Tadbirda “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruv raisi örinbosari Oybek Xudoyqulov va Davron Dehkanov, Angren-Pop loyihasi boşliği Navröz Erkinov hamda “Özbekiston temir yöllari” AJ Soğliqni saqlaş xizmati boşliği Toşpölat Matibayev spiker sifatida OAV vakillarining savollariga töğridan-töğri javob berişdi.
Muloqot çoğida Xalqaro Press-klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev temir yöl qatnovi çoğida röy beradigan ayrim köngilsiz voqealar - ya'ni yoşlarning poyezdga toş otişi va buning natijasida ayrim yölovçilarga jarohat yetkazilişi haqida ham alohida töxtalib ötdi. Bu masalani hal etişda amalga oşirilayotgan işlar böyiça “Özbekiston temir yöllari” AJ Soğliqni saqlaş xizmati boşliği Toşpölat Matibayev ma'lumot berib ötdi.
Spikerning sözlariga köra, hozirda yoşlarning temir yöl poyezdariga nisbatan madaniyatini şakllantiriş muhim örin tutadi.

"Germaniyadagi vagonlarga toş otgan yoki poyezdlarga zarar keltirgan yölovçilarga nisbatan jarima solinadi. Şu örinda qonunçilikka qöşimça özgartirişlar kiritişni, yölovçilar harakatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjat işlab çiqilişini tavsiya qilaman. Bunday nomaqbul işlarni amalga oşirgan yoşlarga nisbatan tegişli jazo çoralari körilmasa, tuşuntiriş işlari olib borilmasa, ular insonlar soğliğiga qançalar xavf solayotganini tuşunib yetmaydi", deya qayd etdi Toşpölat Matibayev.











