Bu yil Uber kompaniyasi uçun oğir keldi. Uşbu kompaniyaning nomi turli mojarolarda yangradi. Endi u bilan boğliq yana bitta – giyohvand moddalar bilan boğliq mojaro avj olmoqda.
Mashable portali ma'lumotlariga köra, ötgan hafta boşida giyohvand moddalarga qarşi kuraşiş bölimi Nyu-Yorkda reyd ötkazgan va uning natijalariga köra 4 mln dollarga teng fentanil va geroin giyohvand moddalarini yiğişga muvaffaq bölgan. Giyohvand moddalar yaşirilgan öramlardan köpi Uber logotiplari bilan belgilangan bölgan. Bundan taşqari, qölga olinganlardan biri, taxmin qilinişiça, bu kompaniya taksiçisi bölgan.
Agentlar gumonlanuvçi Devid Rodriges maşinasi ortidan kuzatuv olib borib, u qayerda yaşaşini aniqlaşgan. Uning kvartirasida fentanil va geroin aralaşmasidan 3 kg, giyohvand modda solingan va Uber logotipi tuşirilgan 1100 ta paketça, 30 ming dollar naqd pul va töpponça aniqlangan. Ta'kidlanişiça, kompaniyaning özi bu jinoyatga aloqador emas. Çunki giyohvandfuruşlar öz qabih işlarida yirik kompaniyalar nomlaridan şu tariqa foydalanadilar. Şunga öxşaş yöl bilan McDonald's va Animal Planet "yomonotliq" qilingandi.













