Bojxona qömitasi xabar berişiça, 2024 yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuçli ta’sir etuvçi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta öq-dorilar aşyoviy dalil sifatida olindi. 

9 mingga yaqin holatda 914 mlrd sömlik tovarlar, 35 mlrd söm ekvivalentidagi valuta qimmatliklari, 76 mlrd sömlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd sömlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga çek qöyildi.

Sohani raqamlaştiriş hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirildi. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylaştiruvi inson omilisiz amalga oşirildi.

Bojxona tartibotlarini soddalaştiriş orqali 6 mingga yaqin eksportyor hamda 20 mingga yaqin importyorning ortiqça sarf-xarajati va vaqti tejalişiga erişildi.