Yupiter içida Yerga juda ham öxşaş bölgan sayyora mavjud. Bunday fikrni 2016 yilgi koinot suratlarini rasşifrovka qilgan olimlar bildirdilar. Uşbu suratlar ulkan sayyoraga maksimal yaqinlaşa olgan "Yunona" zondidan olingan.
Bu tahlil evaziga olimlar Yupiterning taşqi qatlami taşkil topgan oltingugurt va vodorod ostida özining iliq yadrosiga ega bölgan, tuzilişi böyiça Yerni eslatuvçi yana bitta samo jismi bölişi mumkinligini örnatdilar. Içki sayyorada tirik jonzotlar va suv havzalari bölişi ehtimoli mavjud. Biroq bular faqatgina taxminlardir, olimlar Yupiterni örab turgan katta miqdordagi çang sababli uning batafsilroq suratlarini olişolmagan.
Ta'kidlanişiça, agar bu ğoya haqiqat bölib çiqsa, uning tasdiği uçun Yupiterda quduq burğilab, uning içidagi jismdan namunalar olişga töğri keladi.












