10 avgustda Antarktidadagi Ader burnida 106 yillik şirinlik topildi. Ma'lum qilinişiça, şirinlik Britaniyaning Huntley&Palmers qandolatçilik firmasining mevali keksi bölib çiqqan. U qalaydan işlangan quti içida qoğozda öralgan holda bölgan.

“Bunday ajoyib saqlanib qolgan keksni topiş kutilmagan holatdir. U Antarktika şaroitlari uçun ideal yuqori energetik oziqa bölib, hanuzgaça zamonaviy ekspeditsiyalarning sevimli şirinligi bölib qolmoqda”, deb aytgan tadqiqotçilar guruhi rahbari Lizzi Mik.

Olimlarning aytişiça, şirinlik iştirokçilari Ader burnida yaşagan “Terra Nova” ekspeditsiyasi oziq-ovqatining bir qismi bölgan.