Bugun, 11 avgust kuni Angliya premer-ligasida yangi mavsum boşlanadi. Bu mavsumda ham «Çelsi», «Tottenhem», «Mançester Siti», «Liverpul», «Arsenal» va «Mançester Yunayted» klublari asosiy favoritlar hisoblanadi. «Tribuna» yozgi transferlar vaqtida qanday darajada kuçayganini körib çiqadi.
«Çelsi»ga qiyin böladi
Antonio Kontega «Çelsi» boşqaruvida bu mavsumda qiyin bölişi mumkin. Birinçidan, odatda titulni himoya qiliş ruhiy jihatdan oson bölmaydi. Ikkinçidan, Çempionlar ligasidagi iştirok ham taqvimda muammolar keltirib çiqarişi tayin. Uçinçidan, raqobatlar kuçayişdi.
Londonliklar ham tarkibni kuçaytirgan. «Roma»dan Ryudiger olib kelindi. Mançesterga ketgan Matiç örnida «Monako»dan transfer qilingan havbek Bakayoko harakat qiladi, «Real»dan esa katta umidlar bilan 70 million yevroga Morata sotib olindi. Jamoadan Matiçdan taşqari Kuadrado, Terri, Natan Ake va darvozabon Asmir Begoviç ketgan.
Asosiy savol – Konte yana özini körsata oladimi? Italiyalik uşbu mutaxassisning keyingi yillardagi faoliyatiga nazar taşlansa, u yetakçilariga dam beriş uçun rotatsiyadan foydalanmasligini körişimiz mumkin. U mavsumni bitta tarkib bilan ötkazadi. U muvaffaqiyatlarini davom ettirişni istasa, bu borada Zidandan örnak olişi – muhim öyinlar uçun yetakçilarini asraşi kerak böladi.
«Tottenhem»ni e'tibordan qoçirib bölmaydi!
Keyingi 3 yil davomida Maurisio Poçettino muştarak jamoa taşkil qildi. Ötgan mavsum «şporlar» uçun keyingi ön yilliklardagi eng a'losi böldi: ikkinçi örin va muhimi «Arsenal»dan yuqoridagi örin. Jamoaning asosiy raqibi 5-örinda qoldi.
Klub prezidenti Daniel Levi ğalati transfer qarorlari bilan ma'lum. U bu mavsumda ham özgarmadi. Jamoa asosiy futbolçilaridan biri Kayl Uokerni qöyib yubordi (u raqib jamoani – «Mançester Siti»ni kuçaytirdi). Şuningdek, ötgan mavsumda ijaraga berilgan havbek Bentaleb «Şalke»da qoldi. Lekin yangi futbolçilar uçun bir sent ham sarflanmadi. Bu vaqtda esa barça raqiblar faol transfer siyosati olib borişdi. Bu jamoa Britaniyadagi kuçli oltilikda, lekin eng passivi.
London jamoasida zaxira örindiği keng emas. Lekin jamoaning bu siyosatining öziga xos sabablari mavjud, yangi stadion qurilmoqda, iqtisod qiliş kerak. Köp ehtimol bilan bu mavsumda «Tottenhem»ning vazifasi – çuqur şönğişdan saqlaniş böladi.
«Mançester Siti»: Pepning ikkinçi urinişi













