Dortmundning «Borussiya» klubi jamoa hujumçisi Usmon Dembele jamoa maşğulotlaridan çetlatilgani haqida rasman ma'lum qildi. Futbolçi endi Germaniya Kubogi doirasida FK «Rilazingen-Arlen» klubiga qarşi 12 avgustga belgilangan uçraşuvda iştirok etmaydi. 

Jamoa sport direktori Mixael Tsorkning ma'lum qilişiça, dortmundliklar şu tariqa  futbolçini jamoaning oxirgi maşğulotini boykot qilgani va bu bilan hurmatsizlik körsatgani uçun jazolagan.

Bundan avvalroq xorij naşrlarida Usmon Dembele «Borussiya» rahbariyatidan özini «Barselona»ga sotişni talab etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Jamoa rahbariyati esa «Barselona» bilan heç qanday muzokara ötkazilmayotganini ma'lum qildi.

Ammo biroz oldinroq jamoa saytida Dembele uçun kataloniyaliklar klubidan rasmiy taklif kelib tuşgani, muzokaralar davomida bu taklif rad etilgani haqida xabar berildi.

Oxirgi xabarlarga köra, Dembele uçun «Borussiya» «Barselona»dan 150 mln yevro talab etmoqda. Katalonlar jamoasi taklifi esa 100 mln yevrodan iborat.

Dembele «Borussiya» bazasiga kelmadi. U qayerdaligi noma'lum