Usmon nihoyat şu mavsum yetuk futbolçiga aylanadi, Yamal esa öz mukofot(lar)ini olişga hali ulguradi.
Bu safargi «Oltin töp» topşiriş marosimi mojarolarsiz va mukofotni kimdandir «öğirlaşgani» haqidagi jiddiy e’tirozlarsiz keçdi. Şu bilan birga, marosimdan oldin asosiy da’vogarlar – Usmon Dembele, Lamin Yamal, Rafinya, Muhammad Saloh va Pedrining imkoniyatlari deyarli teng körilayotgandi. Yakunda ovoz beruvçilar «PSJ» hujumçisini uşbu mukofotga haqliroq deb topişdi. Lekin yuqoridagi beş futbolçidan istalgan biri mukofotga ega çiqişiga köpçilik qarşi bölmasdi.
Quyida mukofot uçun asosiy favoritlar ötgan mavsumni qanday ötkazişganini körib çiqamiz.
Usmon Dembele
U mavsumning eng muvaffaqiyatli jamoasi yetakçisi. U Luis Enrike boşqaruvidagi pressing-maşinasining nafaqat eng yorqin va sermahsul, balki töpsiz ham juda katta mehnat qiladigan futbolçisi böldi.
Çempionlar ligasi finalidan keyinoq ispaniyalik mutaxassis öziga qolganda birinçi navbatda pressingdagi harakatlari uçun şu zahoti Dembelega «Oltin töp»ni bergan bölişini aytgandi.
Mukofot egasini aniqlaşda inobatga olinadigan boşqa klassik jihatlar böyiça ham Dembele körsatkiçlari yaxşi edi – u kuçli beşlik ligalari futbolçilari orasida har 90 daqiqada örtaça 1,25 ta gol+pas amalga oşirgan va bu borada ikkinçi körsatkiçga ega. Birinçi örinda 1,26 körsatkiç bilan – Harri Keyn, ammo ingliz hujumçisi 13 golini penaltidan urgan, Usmonda esa 11 metrlik nuqtadan urilgan bittagina gol bor.
Gapning indallosini aytganda, «PSJ» hammadan köproq ğalabaga erişdi, Dembele esa «PSJ»dagi barça futbolçilardan yorqinroq körindi.
Mukofot uçun kuraşda unga tösqinlik qilişi mumkin bölgan birgina omil bor edi: Dembele faqat ötgan yil dekabr oyi örtalaridan kuçli öynay boşladi. Ya’ni, butun mavsum barqaror emasdi, faqat Luis Enrikening qat’iy tarbiyaviy soatlari uning özgarişiga turtki böldi. Ungaça esa futbolçi intizomsizligi uçun tarkibdan çiqarilgan va YeÇLda «Arsenal»ga qarşi safar öyiniga olib ketilmagan, murabbiy bunday «jazolaş» qarorini «butun mavsumdagi eng yaxşi yurişi» deb atagandi.
2025 yil boşidan esa barçasi ideal tarzda keça boşladi – yangi pozitsiya, maksimal darajadagi iştiyoq, ilhom bilan öynaş. Öşa paytdayoq köpçilik yangilangan Dembele mavsumning eng yaxşi futbolçisi bölişiga şubha qilmayotgandi.
Mavzuga oid
Lamin Yamal
U yangi avlodning eng yaxşi futbolçisi ekaniga şubha yöq. Ispaniya milliy jamoasi ustozi Luis de la Fuente uni «sehrli tayoqça tekkizilgan futbolçi» deb atagan. U faqat simulyatorlarda köriş mumkin bölgan yengillik bilan futbol öynaydi.
Muxlislar Yamalga aynan qiyin harakatlarni bu qadar osonlik bilan bajarişi uçun ham maftun bölişmoqda. Agar mukofotlar ğoliblarini muxlislar aniqlaşganida, Lamin bu yil barça sovrinlarni öziniki qilgan bölardi.
Şu bilan birga, unda ham birinçi örinda böla olmaslik uçun sabablar bor edi: uning statistikasi «Oltin töp»ga da’vogarlik qiladigan hujumçinikiga öxşamaydi. U maydon böylab harakatlari bilan öyinga katta ta’sir körsatadi, ammo mukofotni topşirişda gol va paslarga ham qaramaslikning iloji yöq.
Uning pozitsiyasida öynovçi Ademola Lukman, Dezire Due, Bredli Barkolya, Maykl Olise, Rafinya, Muhammad Saloh, Usmon Dembele kabi futbolçilar har 90 daqiqaga töğri keladigan gol yoki paslar soni böyiça undan ança yaxşiroq körsatkiçga ega. Yamalda esa bu örtaça 0,77 ta golli harakatga teng. Taqqoslaş uçun, ötgan mavsumi öta muvaffaqiyatsiz ötgan va «Oltin töp»ga da’vogar 30 futbolçi qatoriga ham kira olmagan Vinisiusning körsatkiçi ham uniki bilan deyarli teng - 0,76). Albatta, u mukofotni qölga kiritişi uçun raqamlari ham çiroyli bölişi kerak edi.
Uning körsatkiçlari yuqori emasligi sabablaridan biri u haddan taşqari çiroyli öynaşga intilişi bilan boğliq. Uning köp qarorlari aqlli qaror emas. Aksar futbolçilar birinçi navbatda risk va foydani baholaşadi – eng yaxşi qarorni qabul qilişga harakat qilişadi. Yamalga esa bu narsa begona. U doimo gözallikni tanlaydi: ba’zida bu eng yaxşi qaror bölib çiqadi, ba’zida esa yöq.
Qisqaça aytganda, u öz qoidalari böyiça öynaydi, şu bilan birga, jamoaga ham foyda keltiradi. Lekin u hali yetarliça yetuk va samarali futbolçi emas. Yana bir narsani e’tiborga oliş kerakki, Yamal hali 18 yoşda va unda «Oltin töp» oliş uçun hali bir neça marta imkoniyat böladi.
Rafinya va Lamin Yamal
Foto: EPA/TASS
Rafinya
Ötgan mavsumda eng köp gol urgan va eng köp golli pas bergan ikki eng yaxşi futbolçidan biri Rafinya böldi, u gol+pas böyiça 56 oçko töplagan, Muhammad Salohda 57 ta. Şu bilan birga, misrlik hujumçi 11 golini penaltidan urgan, Rafinyada – atigi 2 ta. Jamoaviy öyinda ham braziliyalik vingerda heç qanday muammo yöq. «Barsa»ning köplab gollari Rafaning pressingdagi harakatlari natijasida urilgan.
Holbuki 2024 yil yozida Rafinyani klubdan ketişga undaşayotgandi. Katta ehtimol bilan, Niko Uilyamsning transferi hal bölganida, u çindan ham ketgan bölardi. Yakunda esa u nafaqat jamoada qoldi, balki öziga begona bölgan pozitsiyada jamoaga kerakligini isbotlay oldi.
Yangilangan Rafinya – endi asosan öng qanotda öynovçi, asosiy işlatadigan oyoği çap bölgan driblingçi vinger emas, u endi oldingi çiziqda barça pozitsiyalarni yopa oladigan yetakçi futbolçi. U yaşirin hujumçi sifatida tuşişi ham mumkin, önlik pozitsiyasida yoki qanotlarda öynaşi mumkin. U nafaqat pozitsiyasini, balki özini ham özgartirdi. Ötgan mavsumda u faoliyatida eng kam fint işlatgan bölişi mumkin, lekin unda endi boşqa, yangi instrumentlar paydo böldi – buning evaziga u yanada foydaliroq, yanada samaraliroq va yanada intellektualroq futbolçiga aylandi.
U eng yaxşi deb topilişi uçun esa ikki omil xalaqit berdi. Birinçisi – «Barselona» içki çempionatda tengsiz bölsa-da, Çempionlar ligasini yarimfinalda tark etdi. Ikkinçisi – bir jamoadan nomzodlar soni köp bölgani. Unga «Barsa»ning özida Pedri va Yamal ham raqobat qildi – ular ham çinakamiga kuçli mavsum ötkazişgandi. Lekin u beşinçi örindan yuqoriroğiga loyiq edi.
Muhammad Saloh
Qiziqiş yuqoriligi böyiça Çempionlar ligasidan qolişmaydigan turnir hisoblangan APLda Saloh nafaqat hammadan köproq gol urib, köproq assist muallifi böldi, balki tarixiy kölamdagi rekordlarni ham örnatdi.
U gol+pas tizimida 47 oçko töplab, Alan Şirerning 1994/95 yillar, Endi Koulning 1993/94 yillar mavsumidagi natijalarini takrorladi, holbuki bu futbolçilarda bunday körsatkiçga erişiş uçun köproq bölgan, öşa yillarda bir jamoa bir mavsumda 42 ta öyin ötkazgan. 38 öyinlik davrda esa heç kim bu qadar yuqori natija qayd etolmagan. Salohgaça eng yaxşi körsatkiçni 2002/03 yillar mavsumida Tiyerri Anri, 2022/23 yillar mavsumida Erling Holand qayd etgandi – ikkisida ham 44 tadan gol+pas.
«Liverpul» aynan uning sa’y-harakatlari evaziga «Siti»ning çempionlik seriyasiga barham berdi va «Arsenal»ni oldinga ötkazib yubormadi.
Lekin «Liverpul» Çempionlar ligasini juda erta tark etdi, Saloh esa hal qiluvçi öyinlarda «PSJ» himoyaçisi Nunu Mendeş tomonidan töliq zararsizlantirildi. Qolaversa, misrlik hujumçi bahorda içki çempionatda ham böşaşdi va uçtagina gol urdi. Köpçilikning yodida esa mavsum yakunidagi muvaffaqiyatsizlik yodda qoldi va bu uning mukofot uçun imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Yakunda esa törtinçi örin.
Pedri
Pedri
Foto: Alex Caparros/Getty Images
Yakuniy röyxatdagi örni eng notöğri bölgan futbolçi sifatida Pedrini keltiriş mumkin. Natijalar e’lon qilinganida aynan uning 11-poğonada joylaşgani köplab e’tirozlarga sabab böldi.
Holbuki «Barsa» öyini sifatiga Pedri kabi kuçli ta’sir körsata oladigan boşqa futbolçi yöq. U yomon ötkazgan öyinni topiş qiyin. Uni maydondagi murabbiy desa ham böladi. U nafaqat hujumlarni rivojlantiruvçi muhim paslarni beradi, balki noqulay holatda turgan holda paslarni töğri qabul qilib, töpni öziga böysundirişda ham benazir.
One-versus-One statistik saytida «böşliqni his qiliş» parametri mavjud - bu bilan raqiblar qurşovida turgan holda paslarni qabul qilgan futbolçilar baholanadi. Bunday uzatmalarni qabul qiliş uçun çiziqlar orasida töğri oçiliş talab etiladi. Ötgan mavsumda atigi ikki futbolçi 1000 dan ortiq şunday pasni qabul qilgan - Florian Virs va Pedri.
Ötgan mavsumda u driblingini ham yaxşiladi. «Barsa» futbolçilari orasida muvaffaqiyatli aldab ötişlar körsatkiçi böyiça ham u eng yaxşi, 66,3 foizlik körsatkiçga ega – 86 urinişdan 57 tasida raqib aldab ötilgan.
Şunçasi yetmaganidek, u himoyada ham köp iş qiladi. Ötgan mavsumda «Barselona»da töpni raqibdan olib qöyiş böyiça eng yaxşilardan biri bölgan. Raqibning zarbalari yoki paslari yölini tösiş böyiça esa jamoada unga heç kim teng kela olmagan.
Qisqaça aytganda, Pedri tayanç zonasidagi rolini qöşimça önlik funksiyalari bilan birlaştiradi va har doim qayerda köproq kerakligini ideal darajada his qiladi.
Umuman, Pedri öziga boğliq hamma işni qildi, ammo «Oltin töp» mezonlariga töğri kelmadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi