Germaniya federal avtomobil boşqarmasi (KBA) Ford avtomobilsozlik kompaniyasini avtomobillarida zararli moddalar çiqarilişi körsatkiçlarini pasaytiruvçi taqiqlangan qurilma borligiga tekşirmoqda.
Wirtschaftswoche naşri ma'lumotlariga köra, Germaniya transport vazirligi KBA’ga Ford Mondeo modelini taqiqlangan qurilma borligiga tekşirişni buyurgan. Ta'kidlanişiça, tekşiruv boşlab yuborilgan.
Öz navbatida, Ford’ning Germaniyadagi didektori Gunnar Xerrmann naşrga “dizel modellarda çiqindi gazlarni qayta işlaş uçun noqonuniy qurilma işlatilmasligini” aytgan.
2015 yil sentabrda Germaniyaning Volkswagen avtokonserni AQŞ hukumati uni zararli moddalarni taşqariga çiqarişdagi sinovlar natijalarini soxtalaştirişda ayblagandan keyin mojaro markazida qolgandi. “Dizelgeyt” deb nom olgan bu mojaro 11 mln dan köproq avtomobilni qamrab olgan. Oqibatda kompaniya öz avtomobillariga sinovlar natijalarini kuçli pasaytiruvçi maxsus dastur örnatganini tan olgan.












