Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti 2017-2018 öquv yili uçun bakalavriat ta'lim yönalişlariga masofaviy öqiş elementlarini qöllangan holda sirtqi ta'lim şaklida ikkinçi va undan keyingi oliy ma'lumot oliş böyiça abituriyentlarni öqişga taklif etadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-may № PQ-3003 “Qişloq va suv xöjaligi tarmoqlari uçun muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, gidromelioratsiya işlarini mexanizatsiyalaş, melioratsiya va suv xöjaligi, gidrotexnika inşootlaridan foydalaniş hamda qişloq va suv xöjaligi tarmoqlarining boşqa yönalişlari böyiça muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş vazifasi belgilangan.
Bunday kadrlarni mamlakatimizning qişloq va suv xöjaligi sohasiga tayyorlab berişda asosan Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti faoliyat körsatib, Özbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga alohida hissa qöşayotgan oliy öquv yurtidir.
Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti jahondagi rivojlangan davlatlarning yetuk ta'lim muassasalari öquv jarayonlarini qiyosiy tahlil qilgan holda hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilğor pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan yangi avlod öquv reja xamda dasturlari böyiça 2017/2018 öquv yili uçun 25ta bakalavriat ta'lim yönalişlariga masofaviy öqiş elementlarini qöllangan holda sirtqi ta'lim şaklida ikkinçi oliy ma'lumot oliş imkoniyatini yaratdi.
Qişloq va suv xöjaligi sohasida ikkinçi oliy ta'limni sirtqi ta'lim şaklida olişni xohlovçilarni taklif qilamiz.
Arizalar joriy yilning 20 avgustigaça qabul qilinadi.












