2017 yilning 4 avgust kuni taxminan soat 21:00 larda Pulat Aydarov, Muhtaram Rajabova, Sanjarbek Ergaşev va voyaga yetmagan Javohir Akbaraliyev özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Şayxontohur tumanidagi piyodalar yölagida böla turib, fuqaro Mahkamjon Maksudovning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, unga tegişli bölgan 6.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullari va boşqa mulkini egallab olişgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Şayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonçilik, ya'ni soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.