Tojikiston 2015 yildan beri Özbekiston, Qozoğiston va Eron mamlakatlari oldidagi barça qarzlaridan qutuldi. Bu haqida TR Moliya vazirligining matbuot xizmati vakili bergan xabarga asoslanib, "Yevraziya. Ekspert" naşri xabar berdi. 

Moliya vazirligi ma'lumotlariga köra, bugunga kelib mamlakatning ikki tomonlama asosdagi kreditori sifatida Xitoy iştirok etmoqda. Tojikistonning Xitoy oldidagi davlat qarzi 2017 yilning iyul oyi holatiga köra, 1 mlrd 217,6 mln dollardan ziyodni taşkil qiladi. Undan keyin esa Saudiya fondi - 44,9 mln dollar atrofida, Kuvayt fondi - 38,7 mln dollar va Fransiya - 24 mln dollar. Şunday qilib, bugunga kelib Tojikistonning ikki tomonlama asosdagi qarzi hajmi 1 mlrd 380,5 mln dollarni taşkil qilmoqda. 

Respublikaning köp tomonlama asosli yirik kreditorlari orasida xalqaro moliyaviy institutlar ham mavjud. Masalan, Jahon banki oldidagi qarz 2017 yilning ikkinçi yarmi boşida 299,9 mln dollarni taşkil qilgan. Bundan taşqari, Tojikiston Osiyo-taraqqiyot bankiga 227,5 mln dollar, Islom taraqqiyot bankiga - 111,9 mln dollar, Xalqaro valyuta fondiga esa - 101,1 mln dollar qarz. 

2017 yilning birinçi yarmi yakunlariga köra, respublika taşqi qarzining umumiy hajmi 2 mlrd 303,4 mln dollarni taşkil qilgan. 

"Biz infratuzilmaga ança jiddiy resurs kiritdik va u qarzlarni qaytariş uçun işlay boşlaydi. Şu tariqa taşqi qarz bilan boğliq majburiyatlar kamayib boradi. Taşqi qarzni boşqariş muammosi favqulodda dolzarb ahamiyat kasb etadi, deb öylamaymiz, çunki byudjyetni şakllantirişda qarzdorlik evaziga yölga qöyilgan  loyihalar özini oqlaydi", - deydi Tojikiston prezidenti qoşidagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Farida Möminova.