Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kurdlarning mustaqillik uchun referendum o‘tkazish masalasini qoldirishni so‘radi
AQSh hukumati Iroq kurdlaridan joriy yil 25 sentabrda Kurd muxtor viloyati mustaqilligi masalasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan referendum sanasini kechiktirishni so‘radi, deb xabar berdi kurdlarning mahalliy ma'muriyati.
Iroqdagi Kurdiston mintaqaviy hukumatining prezidenti Ma'sud Barzoniy juma kuni AQSh Davlat kotib Reks Tillerson bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida OAVga xabar bergan.
AQSh rasmiylari iyun oyida jurnalistlarga bergan bayonotida kurdlarning mustaqilligi uchun referendum o‘tkazishi mintaqada IShID guruhiga qarshi kurashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta'kidlashgan edi.
"Bizda referendumning kechiktirilishi tashvish paydo qilmasligi uchun AQSh va g‘arb davlatlari uni tez orada tashkil etilishiga va'da berishi lozim", - deyiladi ma'muriyat murojaatida.
Mintaqada kurdlarning mustaqillikka intilishi katta diplomatik salohiyatni talab qilishini barcha yaxshi biladi. Bunday tashabbus Suriya, Iroq, Eron va Turkiyaning bir qismida yashab kelayotgan kurdlarning birlashishini talab qiladi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026