Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimini tark etdi va boş vazir örinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan.

Şuningdek, tegişli farmon bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasida Boş vazirning birinçi örinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Taʼlim, ilm-fan va soğliqni saqlaş masalalari kotibiyati taşkil qilindi.

Boş vazirning birinçi örinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari – vazirliklar, qömitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining taʼlim, ilm-fan va soğliqni saqlaş sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşiriş böyiça faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilişi, ularni muvofiqlaştirişi belgilandi.

Uşbu yönalişlar ijrosini nazorat qiliş va taşkil qiliş Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklangan.

Hokimlikdan vazirlikka

Erkinjon Turdimov 1969-yil Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1991-yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça iqtisodçi.

1991-yildan bank tizimida faoliyat boşlagan, 1995–1996-yillarda Zarafşon şahar hokimining iqtisodiyot masalalar böyiça örinbosari bölgan, 1996–2000-yillarda Milliy bankning Navoiy viloyat bölimi boşqaruvçisi sifatida işlagan.

2000–2008-yillarda Xatirçi tumaniga hokimlik qilgan. 2008-yilda bir muddat qişloq va suv xöjaligi vazirining qişloqda iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan.

Şundan keyin tört viloyatga rahbarlik qilgan. U 2008–2016-yillarda Navoiy viloyatini, 2016–2018-yillarda Surxondaryo viloyatini, 2018-2024 yillarda Samarqand viloyatini boşqargan, 2025-yil yanvaridan buyon Sirdaryo viloyati lavozimida işlab kelayotgandi.

Taʼlim islohoti

3-oktabr kuni Özbekiston prezidenti farmoni bilan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta taşkil etilgandi.

Bu islohotdan maqsad «mamlakatda taʼlim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida taşkil etiş, taʼlim sifati va samaradorligini oşiriş hamda inson kapitalini rivojlantiriş böyiça işlarni yangi darajaga olib çiqişdan iboratligi» qayd etilgan.