Xalqaro press klubning Andijon viloyatida ötayotgan sayyor anjumanida viloyat hokimi Ş.Abdurahmonov yer maydonlari kamligi tufayli viloyatda çorvaçilikni rivojlantirişning imkoniyati yöqligi, şu sababli parrandaçilikni rivojlantirişga katta e'tibor berilayotganini ta'kidlab ötdi.
— Aholining ehtiyojlari töla qondirilgan holda Afğonistonga 291 ming dona tuxum eksport qilindi, — dedi Ş.Abdurahmonov.
Şuningdek, viloyat hokimi hozir Andijonda eksportbop mahsulotlarni xorijga, jumladan qöşni Qirğizistonning Öş va Jalolobod viloyatlariga eksport qiliş borasida katta işlar amalga oşirilayotganini aytib ötdi, kuniga 150-200 tonna qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilinayotganini ta'kidlab ötdi.












