Şon-şuhrat ham uning egalariga qimmatga tuşadi. Bugungi kunda badavlat kişilar öz halovati uçun juda katta mablağlar sarflaşadi - yulduzlarni suratga tuşiriş uçun har qanday joyga kirib borişga tayyor suratkaşlar doim topiladi. Millionerlarning koşonasi "şirin luqma" bölib körinadigan öğrilarni-ku gapirmasa ham böladi. Ba'zilar unça ahamiyat bermaydigan bir vaqtda boşqalar öz himoyasi uçun hatto yadroviy zarbaga ham doş beruvçi butun boşli tizimlarni qatorlaştirib taşlaşadi. Don't Panic dunyodagi eng kuçli qöriqlanuvçi töqqiz uy haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Fair Field Estate

Nufuzli Xemptondagi eng kuçli qöriqlanuvçi va eng qimmatbaho uylardan biri milliarder Renardga tegişli. U moliyaviy mablağlarining katta qismini san'at asarlari xaridiga sarflab, koşonasini öziga xos galereyaga aylantirgan. Uyning derazalari öq ötkazmaydi, har burçakda - xavfsizlik kameralari mavjud, butun perimetr böyiça qurollangan qöriqçilar kezadi.

Zombi bunkeri

Aftidan, ba'zi odamlar zombi-apokalipsis haqida haddan taşqari köp film tomoşa qilgan körinişadi. Bu koşonaning nomi ham şunday - The Zombie Bunker. Butkul betondan iborat uy Londonda joylaşgan. Uning harakatlanuvçi devorlari temir bilan mustahkamlangan, kiriş va çiqiş uçun kötarma köprik tizimi işlaydi. Zombilar isyon kötargan holatda qayerga çopiş kerakligini anglagandirsiz?

Geytsning uyi

Bill Geytsning özi kamtar va xuşmuomala kişidek körinsa-da, u öz uyini juda qattiq qöriqlaydi. Yuqori texnologiyali tizim issiqlik radarlari yordamida uyga kirişga uringan kişini aniqlaydi, bu yerga keluvçi mehmonlarga esa maxsus "yaqin-begona" datçiklari biriktiriladi. 

Kardaşyanlar qarorgohi

Parijdagi voqea oila a'zolarini paranoiklarga aylantirib qöydi. Kardaşyan qarorgohini qaçonlardir Blackwater'da xizmat qilgan haqiqiy yollanma jangçilar qöriqlaydi. Köçalarda yulduzni önlab avtomobillar himoyalaydi, uyning özida esa maxsus vahimali xonasi bölib, uni buzib kiriş Fort-Noksdan-da qiyin.