Germaniya janubida çiqindi taşuvçi maşina içida 5 kişi bölgan yengil avtomobilni bosib qoldi. Ma'lum qilinişiça, oqibatda yengil maşina içidagi barça odamlar halok bölganlar.
Politsiyaning ma'lum qilişiça, katta tezlikda harakatlanayotgan çiqindi maşinasi buriliş oldidan tezligini pasaytira olmay, şundoq yengil maşina ustiga ağdarilib tuşgan.
Fojianing sababi sifatida yuk maşinasining texnik nosozligi ham qaralmoqda.
Ta'kidlanişiça, voqea oqibatida yana 2 kişi yengil jarohat olgan. Ular şifoxonaga yetkazilganlar.












