Ayrim “zamonaviy” ortiqça odatlarni qisqartiriş hamon qiyinçilik bilan keçayotir. Masalan, kelinni olib keliş uçun yöl olgan “karvon” maşinalar kortejidagi avtomobillar soni 10-15 tadan kamaygani yöq. Boz ustiga, kortej eng oxirgi rusumdagi va bir xil rangdagi yengil maşinalar bölişiga alohida e'tibor qaratilmoqda. 20-30 nafardan oşadigan kuyovjöralarning xurmaça qiliqlari esa asabga tegmoqda.
Yaqinda bir qarindoşimiz töy qildi – qizini Boyovut şaharçasidagi xonadonlardan biriga uzatdi. Ertasiga xotin-xalaj, bola-baqra tölib-toşgan hovliga karnay-surnay, doira sadolari ostida kuyov va uning jöralari kirib kelişdi. Dasturxon bezatilgan mehmonxona ostonasiga kuyovning qadamlari ostiga poyondoz töşaldi. Poyandoz talaşgan yigitlarning qiyqiriqlaridan uy larzaga keldi.
Kuyovjöralarning xurmati joyiga qöyib, kuzatildi. Ular hovlidan çiqqunlariça beçora qarindoşu qöşnilar, ayniqsa yangalarda tinim, halovat bölmadi. Axir, kuyovni payğambarlar ham siylagan, biror narsadan dillari oğrimasin, deb kuyovjörlarning barça “qiliqlari”ga tişni tişga qöyib çidab turişdi.
Xullas töy bekamu köst ötdi, qiz uzatildi. Ammo bir noxuş holat xonadon sohiblarining quvonçlariga biroz soya soldi, ya'ni oila boşliğining qöl telefoni yöqolibdi. Ota boyaqiş telefonini quvvatlantiriş uçun öğliga bergan ekan. Barça xonalar band, kirdi-çiqdi köp bölgani uçun u otasining telefonini öşa böş xonadagi rozetkaga tokka ulab qöyganu unutgan ekan.
Beixtiyor tinmay qiyqirib, yer tepinib raqsga tuşayotgan, pörim kiyingan yigitlar yodimga tuşdiyu “Nahotki” dedim…
Ammam qizini qöşni viloyatga uzatdi. U yerdan kelgan kuyovjöralar izzatu ikrom bilan kutib olinib, risoladagidek siylandi. Mehmonnavozlik tugadi, kuyovjöralar kuzatilgaç, uy sohibasi kelib qarasa, javon va sandiqlardagi buyumlar yöq. U darhol kuyovjöralar joylaşib ötirib olgan avtobus va yengil maşinalar tomon yugurgan. Nima kor-hol yuz berganidan xabardor bölgan avtobus haydovçisining qoni qaynadi: “Yeb-içdilaring, hurmatlaringni bilsalaring bölmaydimi? Şu işni qilgani uyalmadinglarmi, qani tuş hammang, maşinadan!”
Ayollarning zardasi, erkaklarning döq-pöpisalari kuçaygaç, “hazilkaş” yigitlar öz ayblarini tan oldilar, biri beliga boğlab olgan, biri maşina örindiği tagiga tiqib qöygan matolarni bir-bir çiqarib, uy egasiga berdilar. Ulardan ayrimlari bu qilmişlaridan uyaldi, ba'zilari esa göyo heç narsa bölmaganday pinaklarini ham buzmadi. “Kuyov tomonda odat şunaqa emiş!”
Bu hodisalar yuragimga toşday çökib, xayolimni band etib yurgan kezlarda maktabdagi bir hamkasbim şu mavzuda gap oçib qoldi.








