Jamiyat | 08:25 / 12.08.2017
23878
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik teleboshlovchi jonli efirda sevgan yoriga turmushga chiqishni taklif qildi

Foto: iz.ru

Rossiyaning “Zvezda» telekanalida “Novosti dnya” (Kun yangiliklari) ko‘rsatuvi boshlovchisi Denis Kochanov ko‘rsatuv so‘ngida, jonli efir vaqtida o‘zining sevgan yoriga turmushga chiqish taklifini bildirdi. Ushbu holat tasvirlangan efir parchasi tvitterdda joylashtirilgan.

Jurnalist ijobiy yangiliklar yetishmayotganini aytib, bunday xabarni o‘zi “qo‘shishga” qaror qilgan. U shuningdek teletomoshabinlar uni qo‘llab-quvvatlashlariga umid bildirgan.

“Men bugun jonli efirda butun mamlakatga o‘z sevgan yorimga taklif bildirmoqchiman, men bilaman, u meni ko‘rmoqda. Stepanova Margarita, menga turmushga chiqasanmi?”, deb aytgan Denis va tizzasiga o‘tirib, uzuk solingan qutichani ochgan.

“Javobingni kutaman. Umid qilamanki, “ha” deb javob berasan”, deb qo‘shimcha qilgan boshlovchi.

Denisning yori uni uzoq kuttirib o‘tirmagan va uning taklifiga roziligini Instagram orqali bildirgan.

Mavzuga oid