Angliya premer-ligasining 1-turidan örin olgan yana bir uçraşuv bölib ötdi. Unda «Mançester Siti» debyutant «Brayton» mehmoni bölib, ğalaba qozondi.

Öta murakkab keçgan uçraşuvda, mançesterliklar uzoq vaqt raqib darvozasi tomon yöl topa olişmadi. Faqatgina 70-daqiqaga kelib Serxio Aguero hisobni oçgan bölsa, Dank beş daqiqa ötib öz darvozasini işğol qildi va yakuniy hisobni örnatdi.

Şu tariqa «Mançester Siti» ketma-ket yettinçi mavsumda birinçi turni ğalaba bilan boşladi va öziga xos kiçik rekord sohibiga aylandi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur

Brayton – Mançester Siti 0:2 (0:0)

Gollar: Aguero (70), Dank (75, avtogol).
Brayton – Rayan, Daffi, Zuttner, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Gross, Març (Knokert, 77), Braun (Merfi, 24), Xemed (Myurrey, 60).
Mançester Siti: Ederson, Kompani, Stounz, Danilo (Sane, 68), Otamendi, Fernandino, de Bryuyne, Silva, Uoker, Gabriel Jyezus (Sterling, 78), Aguero (Bernardu Silva, 83).

Ogohlantirişlar: Gabriel Jyezus (29), Sterling (82).