Eron parlamenti yakşanba kuni ballistik raketalar işlab çiqariş dasturiga qöşimça 520 million dollar ajratiş, şuningdek mintaqadagi Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) faoliyatini kengaytirişni közda tutuvçi qonun loyihasi uçun ovoz berdi. France-Presse agentligi şu haqida xabar berdi. 

Unga köra, AQŞning islom respublikasiga qarşi yangi sanksiyalariga javoban işlab çiqilgan qonun loyihasi aksariyatning ovozi bilan qabul qilingan.

"Amerikaliklar bu bor-yöği birinçi qadam ekanini tuşunişi kerak", - deydi majlis (parlament) raisi Ali Larijoniy. 

18 iyulda AQŞ ma'muriyati Eron ballistik raketa dasturini qöllab-quvvatlovçi 18 taşkilot va şaxslarni qora röyxatga kiritgani haqida e'lon qilgandi. Bunga javoban Eron hukumati BMT Xavfsizlik Kengaşiga AQŞ sanksiyalari ustidan şikoyat bilan murojaat qildi hamda Vaşingtonni yadroviy bitimni buzişda aybladi.