Hindiston şimolidagi şifoxonada kamida 60 nafar bola hayotdan köz yumdi. "Korrespondent"ning xabar berişiça, sun'iy nafas beriş uskunalaridagi havo zahiralari hisoblar tölanmagani bois töldirilmagan. Uttar-Pradeş ştati hukumatining iqror bölişiça, apparatlarga havo yetkazib beriş uzib qöyilgan, biroq ölim sabablari faqat bu emasligini ta'kidlangan.
Qurbonlarning aksariyati yangi tuğilgan va ensefalit bilan kasallangan bolalar bölgan. Ölim holatlarining barçasi beş kun içida Gorakxpur tumanidagi Baba Ragxav şifoxonasida qayd etilgan. Ularning öttiztasi payşanba va juma kunlarida röy bergan. Mahalliy OAVga köra, şifoxonada vahima kötarilgan, bolalarning qarindoşlari tibbiyot xodimlariga sun'iy nafas tizimini qölda boşqarişga yordamlaşişgan.
Munitsipalitet vakili Anil Kumarning sözlariga köra, yetkazib beruvçida tölov bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan, biroq ölim holatlari tabiiy sabablarga köra kelib çiqqan ham bölişi mumkin, zero bemorlarning köpçiligi oğir ahvolda bölgan.
Ştat soğliqni saqlaş vaziri Sirxartx Natx Singx ham ommaviy ölim holatlari kislorod yetişmovçiligidan kelib çiqqanini inkor qilgan. Sönggi uç yilda şifoxonada kuniga 19-22 ölim holati kuzatilmoqda, dedi u. U gap aynan bolalar haqida ketayaptimi yoki yöq, aniqlik kiritmadi.
Şifoxona bayonotida esa "kislorod bosimi pasaygani" qayd etilgan.












