AQŞ ommaviy-axborot vositalari AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uy işi haqidagi ma'lumotning taşqariga sizib çiqişida özining strategik masalalar böyiça maslahatçisi Stiven Bennondan gumon qilayotganini aniqlaşdi. Jumladan, aynan Bennon jurnalistlarga Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Gerbert Makmaster haqidagi ma'lumotlarni bergan bölişi mumkin.
Tramp bu şubhalari bilan özining bir neçta tarafdorlari bilan bölişgan. Uning atrofidagi manbalardan birining aytişiça, Trampga uning boş strategi “özini reklama qiliş bilan şuğullanişi” joniga tekkan.
Oxirgi vaqtda Bennonda Tramp bilan uçraşiş uçun imkoniyatlar kamroq bölmoqda. Misol uçun, Bennon hozirda prezident va uning jamoasi ta'til ötkazayotgan Nyu-Jyersidagi golf-klubga bormadi.
Iyul oxirida Tramp OAVga maxfiy ma'lumotlarning sizib çiqib ketişini töxtatişni talab qilgandi.











