AQŞning Şarlotsvill şahrida 12 avgust kuni ertalab oq tanli millatçilar va boşqa radikal guruhlar a'zolari hamda ularning xatti-harakatlariga qarşi çiquvçilar orasida töqnaşuvlar boşlanib, ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan.
Şahardagi boğlardan birida örnatilgan, Fuqarolik uruşi vaqtida konfederatlar (janubliklar) armiyasi boş qömondoni bölgan, general Robert Liga örnatilgan haykalning olib taşlanişi millatçilar noroziligiga sabab bölgan. Bu haykalning olib taşlanişi böyiça bahs ikki yildan beri davom etib keladi. Uning olib taşlanişi uçun ommaviy harakat afroamerikalik maktab öquvçisi petitsiyasidan keyin boşlangan va joriy yil aprelida şahar kengaşi haykalning olib taşlanişi va sotilişi uçun ovoz bergan. Biroq uşbu qaror ijrosi sud qarori bilan vaqtinçalik töxtatib turilgan edi.
Şarlotsvillda haykalning olib taşlanişiga qarşi osoyişta aksiya tuş vaqtiga ötkazilişi belgilangan edi, biroq uni keskin ravişda avj olgan vaziyat sababli bekor qilişga töğri kelgan. Virjiniya ştati politsiyasining ma'lum qilişiça, namoyişçilar garmdori spreyini sepişgan va politsiya ularni tarqatiş uçun kuç işlatişiga töğri kelgan. Tartibsizliklar sababli ştat gubernatori Terri Makoliff şaharda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilgan, politsiya esa komendantlik soatini kiritgan. Tartibsizliklar oqibatida 4 kişi halok bölgan, 35 kişi jarohat olgan.
Öz navbatida, AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melanya töqnaşuvlar iştirokçilarini zöravonlikni töxtatişga çaqirişgan. Şarlotsvilldagi namoyişlar millatçilarning bir neça yil içidagi AQŞdagi eng jiddiy aksiyasi bölgani aytilmoqda.
“Bizning davlat söz erkinligini qöllab-quvvatlaydi, biroq yurakda adovatsiz sözlaşing. Zöravonlik yaxşi narsaga olib kelmaydi”, deb yozgan Melanya Tramp tvitterda. Tramp esa ”bunday zöravonlikka bizning davlatda örin yöq” deb aytgan va “Şarlotsvillda yuz berayotgan voqealar juda qayğulidir”, deb qöşimça qilgan.

















