Şimol va janubdagi koreyslar örtasida munosabatlar keskinlaşib borayotgan bir paytda AQŞning oliy martabali harbiysi Jozef Danford Osandagi harbiy-havo bazasiga taşrif buyurdi. Duşanba kuni Koreya yarimoroliga yetib kelgan qömondon Danford Janubiy Koreya prezidenti Mun Jye In hamda şu yerda xizmat qilayotgan AQŞ harbiylari bilan uçraşişi rejalaştirilgan.

AQŞ harbiy mulozimi Sikorskiy 2 UH-60 Black Hawks vertolyotida Hamfriy lageriga borib, u joydagi şaroit va tayyorgarlik bilan tanişib çiqişni maqsad qilgan. Qömondon ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabarga köra, mazkur uçraşuv va taşrif Şimoliy Koreya tomonidan hujum uyuştirilgan taqdirda himoya dasturini işga tuşiriş hamda harakatlaniş bosqiçlarini batafsil kelişib olişdan iborat.

Şundan söng, qömondon Jozef Danford sodiq ittifoqçilaridan biri Yaponiyaga, keyinroq Xitoyga taşrif buyurişni közlamoqda. AQŞ Mudofaa vazirligi Axborot xizmati tarqatgan bayonotga köra, uçta muhim taşrif «Davlat kotibi Reks Tillerson taşabbusi bilan olib borilayotgan diplomatik kelişuvlar hamda kiritilayotgan iqtisodiy sanksiyalar»ning amalda samara berişi uçun ötkazilmoqda.

Şimoliy Koreya hukumatining «Guamni yöq qilib yuboriş» töğrisidagi tahdidiga javoban Yaponiyaning yerda harakatlanib, havodagi raketani urib tuşiruvçi «Patriot» (PAC-3) komplekslari mamlakat prefekturalariga joylaştirildi. Lekin, ötgan hafta rasmiy Pxenyan uç kompleksning ham joylaşgan koordinatasini aniq bilişini, ular Hiroşima, Koçi va Şimanida joylaşganini bildirgan edi.

«Şunga qaramay yapon «Patriot» komplekslari yuqori havo qatlamidan uçib ötayotgan raketalarni urib tuşira olmaydi», deydi xususiy Stretfor razvedka markazi katta tahlilçisi Sim Tek.

Şuningdek, Yapon dengizida ikkita «Aegis» (Tayanç himoya harbiy kemalari) ham favqullodda holatga şay turibdi.