Bugun Ispaniya va Italiyada Cuperkubok uçraşuvlari ötkaziladi.

Ispaniyada mavsum mamlakatning ikki yirik jamoalari töqnaşuvi bilan boşlanadi. «Kamp Nou»da «Barselona» hamda «Real» örtasidadagi «El-klassiko» bahsi Superkubok uçun ötkazilmoqda.

Madrid jamoasi mavsumdagi ilk sovringa ega çiqib böldi. Yevropa Superkubogi uçun öyinda Zidan şogirdlari «Mançester Yunayted»ni mağlub etişdi. «Barselona» ham «Şapekoense» darvozasiga 5 gol yöllab, Gamper kubogini qölga kiritgan. 

Jamoalar mavsumoldi yiğinlari doirasida AQŞda özaro uçraşgan va öşanda Kataloniya jamoasi ğalaba qozongandi. Ammo öşanda  «Barselona»da Neymar bor edi, «Real»da Kriştianu Ronaldu yöq edi.

Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 14 avgustga ötar keçasi soat 01:00da boşlanadi. Javob uçraşuvi 17 avgustga ötar keçasi ötkaziladi.

Bu jamoalar örtasidagi 236 El Klassiko böladi. Jamoalar 93 martadan ğalaba qozonişgan, 49 uçraşuvda ğolib aniqlanmagan.

Messi - Klassikolar tarixidagi eng yaxşi töpurar (24ta goll). Keyingi örinlarda Di Stefano (18) va Kriştianu (16).

Bu jamoalar keyingi 5 yilda ilk marta Superkubok bahsida maydonga tuşmoqda. Ötgan yili «Barselona» Superkubokka ega çiqqandi. Öşanda «Sevilya» mağlubiyatga uçratilgandi.

Jamoalar mos ravişda 18 va 19 nafardan futbolçini qaydnomaga kiritgan:

«Barselona»: Ter Ştegen, Sillessen, Semedu, Pike, Maskerano, Alba, Din, Vidal, Umtiti, Rakitiç, Buskets, Denis Suares, Roberto, Inesta, Luis Suares, Messi, Deulofeu, Alkaser.

«Real»: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan, Marselo, Serxio Ramos, Varan, Karvaxal, Naço, Teo Ernandes, Kazemiro, Kroos, Dani Sebalos, Marko Asensio, Kovaçiç, Ronaldu, Benzema, Isko, Garet Beyl, Lukas Vaskes.

Şuningdek, şu keçada Italiya A Seriyasida ötgan mavsum çempioni «Yuventus» va Italiya Kubogi finalçisi «Latsio» (rimliklar finalda Turin jamoasiga yutqazgandi) jamoalari Superkubok uçun maydonga tuşadi. Bu ikki jamoa sönggi marta Kubok finali uçraşuvida töp surgan bölib, unda Allegri şogirdlari 2:0 hisobida ğalabaga erişgan. Superkubok öyini Rimdagi «Olimpiko» stadionida ötkazilişi rejalaştirilgan. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:45da boşlanadi.