Odamzot hamişa nimagadir işonib, intilib yaşaydi. Ertangi kunga, döstlarga, qarindoşlarga va hamda maslakdoşga işonadi. Agar odamlar orasida özaro işonç tuyğusi bölmaganida, davlatlar, jamiyatlar, oilalar va turgan gapki, bugungi odamlar, bugungi sivilizatsiya ham dunyoga kelmagan bölar edi. Haqiqatan ham şunday. Lekin hozir odamga qon bilan kiradigan özaro işonç tuyğusi va uni suiiste'mol qiluvçilar haqida töxtalib ötmoqçiman.
Buxoro tumani IIB tergov bölinmasi katta tergovçisi, katta leytenant Laziz Rajabov faoliyati davomida işonçni suiiste'mol qilib dunyo orttirmoqçi bölgan şaxslar qilmişi yuzasidan köplab tergov harakatlarini olib borayapti. Uning navbatdagi tergov işi – jiyanlarini çuv tuşirgan toğa xususidadir.
Toğa azaldan otaning örnini bosuvçi buyuk zot sifatida qadrlanadi, hurmat qilinadi. Ana şunday zotlar ham ba'zan işonçni oyoqosti qilib, firibgar, muttaham degan şarmandali nom orttirişini xayolimizga öylab körmagan ekanmiz.
Şu örinda bir ilova keltirib ötsak: “Qahramon”imiz – Naim Rasulov (maqola qahramonlarining ism-familiyasi özgartirilgan) öqimişli, rahbar lavozimlarida işlagan şaxs. Yoşi ellikka yaqinlaşgan, ayni paytda oddiy işçi bölib işlaydi. U jiyanlari – Dildoş va Dilbarlarning işonçini qozonib, “devor” uşlatmoqçi böladi?! Ammo, lekin, biroq...
MA'RAKADAGI KeLIŞUV
Mehmonlarning oyoqlari uzila boşlagaç, Dildoş Naim toğasiga “ketmang, sizga maslahatli iş bor”, dedi. Naim tomoğini qirib qöydi va xursand bölib bir çekkaga ötirdi. Söng “Aka-singillar xorijdan yaxşi işlab kelgan körinadi. Menikilar esa nonga tovon...”, deya köngliga hasad alomati yörğaladi.
- Naim toğa, Dilbar yangi qurilayotgan namunali uylardan olmoqçi. Şunga yordam bersangiz, albatta sizni ham quruq qoldirmaymiz, - dedi Dildoş mehmonlarni kuzatib bölgaç.
- Şumi... gaping... man öylabmanki, - Naim özini arazlagandek körsatib, yolğondakam ketmoqçi böldi va oxirgi sözini ilmoqli qilib, –ma'rakaçang yöqmi?! Unda uy keyinga qoldiriladi, - dedi.
Hammasi böladi. Tuşlikka. Bu iş qölingizdan keladimi?!
Dildoşning sözlari Naimning nafsoniyatiga tekkanday böldi. Şu bois u bir qizarib oldi-da, jiyanini gap bilan “yediriş” uçun oğiz juftladi:
San ham puldor bölib, boylarga öxşab...
Naim sözini davom ettirmay kulib yubordi. Dildoş ham unga jör bölib, “Qöysangiz-çi, toğa”, deya uni içkariga olib kirdi. Içkariga Dildoşning onasi Saida xola nabiralarini öynatib turgan ekan. Ular hol-ahvol söraşgaç, Dildoş onasiga qarab:
Mavzuga oid
- Toğam bilan Dilbarning masalasini gaplaşib olinglar. Men ungaça u-bu tayyorlatib kelaman. Hozir özini ham çaqirib yuboraman, - deya taşqariga yönaldi.
*/*
- Qizim domga qisilib qolgan. U namunali qurilayotgan hovlilardan olmoqçi, - dedi soddadil onaxon Naimga yuzlanib.
- Hovliga katta pul kerak, xola. Dilbarning puli yetarmikan?! – deya ösmoqçilab söradi Naim.
Yetmasa, biz bor, akasi bor...
Naim xolasining gapidan söng ular ança pul jamğarganini sezdi. Birdan köngliga ğaraz niyat tuğilib, şu pullarning egasi bölmoqçi böldi. Hatto u eşik oçilib, Dilbar kirganini ham sezmay qoldi.
- Toğa, onam aytgan bölsalar kerak. Bir qöllab yuborsangiz, sira yaxşiligingizni unutmasdik, - dedi Dilbar ham salom-alikdan söng darrov maqsadga köçib. – Yana xizmat xaqingizni beramiz.
Buxoro şahrida tanişim yöq. Ammo tumanimizda bor. Lekini borki, tumanimizda yaşaydiganlarga beriladi öşa namunali...
Naim ataylab gapini uzib qöydi. Çunki ulardan taklif kutayotgandi. Buni Dilbar ilğadimi yoki özi taxmin qildimi, harqalay:
Biror iloji bölsa kerak, toğajon, - deya taklifga monand ilmoq taşladi.
Naimga şu kerak edi. U avvaliga tumanda qurilayotgan namunaviy qişloq quriliş uy-joylaridan bank orqali 15 yilga pulini tölaş şarti bilan yangi hovlilar sotib oliş imkoniyati borligini aytdi. Söng “Bitta toğa yettita otaning örnini bosadi”, degan maqol bejiz aytilmaganligini qistirib ötib, işning “öğil bola”siga köça qoldi:
- Agar xohlasangizlar uyni nomimga rasmiylaştirib olişim mumkin. Quriliş işlari bitgaç va albatta, pulini tölaganlaringizdan söng, Dilbarning nomiga ötkazamiz. Bunga muammo bölmaydi. Hammasi qonuniy hal böladi.
- Narxi neçi pul turadi? – Dilbarning çehrasi oçilib, söradi.
Bir yuzi öttiz million söm atrofida, - deya Naim uyning oliş tartibini tuşuntira ketdi. – Dastlab, yigirma beş foizini birlamçi tölov sifatida bankka tölaş şart. Qolganini esa ön beş yil davomida har oyda bankka qismlarga bölib tölanadi. Masalan, ayni paytda dastlabki tölovi öttiz beş million sömdan nari beri böladi, - u ona va qizning berilib eşitayotganidan foydalanib, işonçliroq va uçrab turadigan “unumli” kelişuvni örtaga taşladi. – Bu kabi uylarni hamma ham olavermaydi. Buning evaziga ba'zibir mansabdor şaxslarga “şapka” beriş kerak. Usiz iş bitmaydi.
Dilbar ajablanmadi. U bunday bölişini ilgaridan bilardi. Şu bois “şapka”ning miqdorini söradi. Naim ikki nafar mansabdor şaxsga 3800 AQŞ dollar va kotibaga 100 AQŞ dollar bermasa bölmasligini aytdi.
Şunday qilib, ona va qiz Naimning hiyla tuzoğiga osongina ilindi.
2013 yilning mart oyi oxirlarida Naim ulardan 3900 AQŞ dollar miqdoridagi pullarini qölga kiritdi.
Şu örinda yana bir ilova keltirsak: Naim 2013 yilning yanvar oyida “Şexonça” mahallasida qurilayotgan namunaviy uy-joylardan olmoqçi bölib, tuman hokimligiga ariza yozgan edi. Uning arizasi qanoatlantirilib, navbatga qöyilgandi. Dilbar uy olmoqçi bölganidan söng, u arizasini tezlatişga harakat qildi.
Oradan bir oy ötmasdan Naimga hokimiyatdan xuşxabar aytib qolişdi. U göyo qanot çiqarib, Saida xolasiniki tomon uçdi.
Ariza qanoatlantirildi. Endi biz boşlanğiç tölovni tölaşimiz kerak, - dedi Naim xolasiga.
Ertasi kuni ular Qişloq quriliş bankining Buxoro tuman filialida uçraşişdi. Kelişilganday bank kassasiga 35 million söm pulni Naim Rasulovning nomiga rasmiylaştirilayotgan uy uçun tölaşdi. Bu quvonçli kun esa Saida xolanikiga “yuvildi”. Ziyofatda ham Naim uy masalasida gapirib, hammasi yaxşi bölişini qayta-qayta takrorlab, jiyanlarini işontirdi. Köp ötmay Dildoş va Dilbar xorijdagi işlarini davom ettiriş maqsadida jönab ketişdi.
Sentyabr oyida Saida xola farzandlariga qönğiroq orqali uy uçun har oylik foiz puli sifatida jami 15 million 650 ming sömdan ziyodroq pulni tölaşlari töğrisida Naim bank xabarnomasini keltirganini ma'lum qildi. Dildoş Fazila singlisining turmuş örtoğidan qarzga pul olib turişlarini aytdi. Şu tariqa, bankning xabarnomasidagi pul foiz sifatida tölandi.
2014 yilning aprel oyida Dilbar kelganini eşitgan Naim oyoğini qöliga olib, Saida xolasinikiga çopdi. Ular bilan u yerdan, bu yerdan piça gaplaşib, maqsadga köçdi:
- Dilbar, yana uyning tölovi uçun 28 million söm berişing kerak. Bu pulni tölamasang tuğaveradi.
- Naim toğa, kam-kam ön beş yil davomida tölaysan, degandingiz. Bu nimasi? – hayron bölib söradi Dilbar.
- Keyinroq summalari kamayadi.
Dilbar Naimdan şubhalandimi yoki qonuniy yöl bilan pul berişni xohladimi, harqalay onasi va jiyani oldida toğasidan tilxat yozdirib oldi.
Bankka özingiz borib tölasangiz ham böladimi? – Dilbar katta summa çiqim bölganidan haliyam öziga kelolmaganligini namoyişkorona oşkor qildi.
Dilbarning bu işi Naim uçun ayni muddao edi. U jiyanining könglini xotirjam qilib, sekingina “quyon”ning rasmini çizdi.
- Yana pul deysizmi, toğa?! Qayerdan olaman? – dedi.
- Jiyan, uyning pulini qançalik tez tölab tugatsak, uy ham Dilbarning nomiga tezroq ötadi. Qolaversa, har oylik foiz pullarini tölamasdinglar. Bu senga ham, singlingga ham qulay, - deya Naim ayyorona qaraş qildi.
- Mayli, siz aytgançalik böla qolsin. Lekin katta miqdorda pulim yöq. Dilbar ham yaqinda ketdi.
- Dildoşjon, seni tuşunaman, - dedi Naim ançadan beri öylab yurgan rejasini amalga oşirişga kirişib. – Köpinça xorijda bölasan. "Spark"ni heç kim haydamaydi. Şuni nomimga ötkazib ber. Men uni sotib, pulini bankka tölayman. Sen ham ovora bölib yurmaysan.
Noiloj qolgan Dildoş toğasining taklifiga rozi böldi:
- Toğa, "Spark"imiz qança ketadi?
- Öttiz olti millionga sotsa böladi. Balkim undan sal köproğiga ham...
- Yaxşi toğa. Uydagilar bilan maslahatlaşib köray. Qolganini ertaga gaplaşamiz.
- Otni qamçilab bosmaysanmi, jiyan! Bu safar işlab, “Neksiya” olasan. Maslahat-paslahatingni yiğiştir, - dedi Naim özini xafa bölganday körsatib.
Ma'qul...
Şunday bölsa ham Dildoş onasi va xotini bilan maslahatlaşdi. Ular ham rozi bölişdi. Ayniqsa, onasining gapi işni tezlatişga sabab böldi:
- Naim bir baloni bilmasa gapirmaydi. Yana omading çopsa, "Neksiya"li bölasan.
*/*
Dildoş Naimga qönğiroq qilib, notarial idorasiga boriş kunini rejalaştirdi. Biroq tösatdan Naim şamollab şifoxonaga tuşib qolgani heç kimga şubha uyğotmadi. U Dildoşning ikkinçi qönğiroğiga kulimsirab javob berdi.
Burga tepdi, jiyan! Şifokorlar yotib davolanmasangiz bölmaydi, deyişayapti. Şuning uçun maşinani onamning nomiga rasmiylaştira qolinglar. Men onamga tuşuntirganman, - deya Naim xastaligini oşkor qiliş maqsadida bir-ikki yötalib, “voy jonim”, deb ham qöydi. Uning bu holatini qöl telefonida eşitib turgan Dildoş ham: “Beçora toğam, yomon şamollabdi”, deb öyladi va unga tezroq tuzalişini tiladi.
Şunday qilib, Dildoş “Spark” avtomaşinasini xolasi – Çamanoy opaning nomiga rasmiylaştirib berdi. Naim esa singlisiga olayotgan uy uçun bankka 36 million söm tölamoqçi böldi. Bu masala ikkala tomonning guvohlari örtasida aytib-eşitildi.
Dildoş xorijdagi işiga qaytişdan oldin könglini xotirjam qiliş maqsadida bankka bordi. Bank xodimlaridan 2014 yil aprel oyidan keyin Naim Rasulovning nomiga 28 million va 36 million söm tuşgan tuşmaganligini söradi. Bank xodimlari uni lol qoldirdi. Çunki pullar tuşmagan ekan. U darrov özini qölga olib, Naim bilan uçraşdi. Toğasi qörqoq oldin muşt kötarar qabilida, tutoqib:
Sen nega bankka borasan? Sening işing bölmasin, pulni tölayman deb olganmanmi, demak tölayman. Yana aniqroği, ön beş yil davomida tölab yopaman, - deya ğudurlandi.
Dildoş ham toğasining muomalasidan tutoqib ketmoqçi böldi. Biroq şaytonga hay berdi. U muloyimlik bilan gapirdi:
Özingiz tezroq tölasang, foizi bölmaydi, degandingiz. Bunaqada foizi köpayadi.
Naim oşirib yuborganini sezdi. Hozir Dildoş bilan muomala qilmasa, amaldagi rejasi barbod bölişini xayoliga keltirib, tişlarini ğijirlatib qöydi. Söng özini tinçlantirib, tönini öngaytirib kiydi:
- Jiyan, xolamdan olgan 28 million sömga Romitan tumanidan dökon va unga mahsulot sotib oldim. Savdo-sotiq işlarim yaxşilanişi bilan pullarni bankka topşiraman. Maşinani esa bir-ikki oy minay, keyin sotaman.
- Içidan pişgansiz, toğa. Ammo foizi köpayib ketsa, özingiz tölaysiz. Menga farqi yöq, - Dildoş gapning öğil bolasini aytdi.
- Buyoğidan xavotirlanma. Öşa pulni 30 million söm qilib tölayman. Foizi ham keçikmaydi. Könglingni tinç qilib, safaringga bexovotir ketaver, - dedi Naim ham yolğonni yamlamay yutib.
*/*
Saida xola Buxoro tumanidagi Şexonça aholi punktida qizi uçun qad rostlayotgan kottejga kelib, ustalarning holidan xabar olib ketardi. Imoratning ta'mirlaş işlari tugagaç, Saida xola ikki-uç kunlab yaşab, söng şahardagi uyiga qaytardi. Ana şunday kunlarning birida bank xodimlari kelib, uy uçun pul tölanmayotganligini, şu bois ham şartnoma bandlari buzilayotganligini aytib, Naimni söraşadi.
- Naimni bilmayman, örgilaylar, - deydi onaxon soddaligiga borib. – Özi qança tölaş kerak?
Ön million söm bankka tölamasanglar şartnomani buzamiz, - dedi bank xodimlardan biri.
Saida xola bank xodimlari ketgaç, darhol Dildoşga qönğiroq qildi va bölgan holatni tuşuntirdi. Köp ötmay Dildoş safardan kelib, bankka aytilgan pulni töladi.
Şundan söng, Dildoş Naim toğasi bilan uçraşib, uyni butunlay Dilbarning nomiga rasmiylaştirib berişini iltimos qildi. Naim esa bugun-erta, deb buni orqaga taşlab yurdi. Bu orada aka-singil yana xorijga safar qilişdi.
Oradan bir yil ötib, safardan qaytişgaç, Dildoş yana Naim toğasini yöqlab, telefon qildi. Naim yana va'dani quyuq berib, uçraşişni paysalga solib yurdi. Dildoşning keyingi qönğiroqlariga esa umuman javob bermadi. Aksinça, telefon raqamini öçirib qöydi.
Dildoş noiloj Naimnikiga bordi. Uyidan esa uni topolmadi. Oilasidagilar ham keyingi paytlarda u kelmayotganini aytib, Naimning çildirmasiga öynaşardi. Buni sezib qolgan va yangasidan bir xil javob olgan Dildoş oxir-oqibat andişalikni orqaga surib, Buxoro tuman IIBga murojaat qildi. Jiyanlarini aldab, işonçiga kirib, mömaygina daromadga ega bölgan Naim Rasulov darhol qölga olindi.
Tergov harakatlari davomida uning asli niyati ayon böldi. Ya'ni uy haqidagi çöpçagi bilan jiyanlarni çuv tuşirib, nomiga bölgan kottedjning xarajatlarini bir qismi - 61 million sömini tölattirdi. Bundan taşqari, yana 28 million söm pulni va Dildoşning nomidagi “Spark” avtoulovini 36 million sömga hisoblab, bankka topşiraman, deb aldab jiyanlarning işonçini suiiste'mol qildi. Bunda unga jiyanlarining özbekona işonuvçanligi, soddaligi qöl keldi.
Uşbu voqeaga xotima yasar ekanmiz, nazarimda firibgarlar birovni emas, balki özini özi aldayotgandek tuyuladi. Qolaversa, ular boşi berk köçaga kirib, çiqişga yöl topolmayotgan kişini eslatadi. Naim Rasulov ham xuddi şunday ahvolga tuşdi va qilmişiga yaraşa jinoiy javobgarlikka tortildi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi