Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ruslanbek Quroltoyeviç Davletovni Adliya vazirligining yangi rahbari sifatida tayinlagan. Bu haqda «Kun.uz»ning işonçli manbalari xabar berdi.
U bu lavozimda 2015 yil boşidan buyon işlab kelgan Muzraf Ikromov örnini egalladi. Ikromov Özbekiston Respublikasi Hisob palatasiga rahbar bölgan.
Ruslanbek Davletov şu yil yanvarida Özbekiston Prezidenti Davlat maslahatçisining jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça birinçi örinbosari etib tayinlangandi.

Davletov 1980 yili Xorazm viloyati Şovot tumanida tuğilgan. Ma'lumoti — oliy, huquqşunos, iqtisodçi. 2001 yil Buyuk Britaniyaning Varvik universiteti, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura), 2007 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2010 yil Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasida yetakçi mutaxassis sifatida boşlagan. Keyinroq mazkur qömitada boş mutaxassis, bölim boşliği vazifasini bajaruvçi bölib işlagan.

2004−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasi boş mutaxassisi, 2012−2014 yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş, sud tizimi mustaqilligini ta'minlaş tadqiqot markazi direktori örinbosari va direktor v.b, 2014−2016 yillarda — Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlaştiriş şu'basining mudiri lavozimlarida faoliyat körsatgan. 2016 yil sentabridan 2017 yil yanvarigaça Adliya vazirining birinçi örinbosari bölgan.










