BMT missiyasining Malining Timbuktu şahrida joylaşgan bazasiga qurolli hujum uyuştirildi. Natijada kamida yetti nafar qöriqçi halok böldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ta'kidlanişiça, yana yetti kişi jarohat olgan.
BMT boş kotibi rasmiy vakilining örinbosari Farxon Haq esa BMTning Malidagi missiyasi ikkita bazasiga qurolli hujum natijasida tört kişi halok bölganini ma'lum qilgan.
Uning sözlariga köra, birinçi hujum Douentsadagi lagerga amalga oşirilgan bölsa, ikkinçisi – BMT missiyasining Timbuktudagi bazasiga uyuştirilgan.












