Buyuk Britaniyada dunyodagi eng qimmatbaho bolalar maşinasi sotuvga qöyildi, deb xabar bermoqda The Sun naşri. Ferrari Testarossa sportkarining kiçik nusxasi bölgan bu maşina 75 ming funt sterlingga (97 ming dollar) baholangan.

Bolalar maşinasi öz ölçamlari böyiça haqiqiy “Testarossa”ning yarmiça keladi. 1990-yillarda maxsus Harrod's dökoni uçun bunday maşinadan uçtasi yaratilgan. Sotuvga qöyilgan maşinani restavratsiya qiliş uçun bir yilga yaqin vaqt ketgan. Maşina 5 yoşdan 9 yoşgaça bölgan bolalarga möljallangan.

Bolalar “Testarossa”si şişa-plastik kuzov, öt öruvçi maşinaning 200 kub sm lik benzinda işlovçi dvigateli, oçiladigan eşiklar, surib çiqiluvçi faralar, işçi asboblar, jumladan spidometr, çarm bilan işlangan interer va haqiqiy Ferrari sportkarining ruli bilan jihozlangan.

Bolalar avtomobili soatiga 40 km gaça tezlik bilan yura oladi.

Ferrari Testarossa modeli 1984 yildan 1991 yilgaça çiqarilgan. Sportkar 12 silindrli, 390 ot kuçiga ega dvigatel va 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,8 soniyada erişa olgan. Uning maksimal tezligi esa soatiga 290 km ni taşkil qilgan.