Xitoydagi maxsus öquv muassasasida internetga qaramlikdan davolanayotganiga atigi ikki kun bölgan ösmir halok böldi. Bu haqida Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.
Unga köra, 18 yoşli Li Ao voqeasi avgust oyi boşida Anxoy provinsiyasida röy bergan. Ösmir ota-onasi bilan Fuyan şahar okrugidagi Linçuan uyezdida istiqomat qilgan.
Marhum ösmirning onasi Lyu Dunmeyning sözlariga köra, u öğlining internetga qaramligidan qanday davolanişni bilmagan va eri bilan uni Lutszyan uyezdida joylaşgan maxsus öquv muassasasiga davolaşga yöllaşga qaror qilgan.
3 avgust kuni ösmir maxsus maktabga olib kelingan, 48 soatdan sal kamroq vaqt ötgaç, ya'ni 5 avgust kuni ösmirning ota-onasiga internatdan qönğiroq qilişgan va öğlining soğliği yomonlaşgani, şifoxonaga joylaştirilganini aytişgan. Ota-ona şifoxonaga yetib kelganlarida ularga ösmirning hayotdan köz yumgani aytilgan.
Marhumning onasi aytişiça, ular zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun morgga kelişganida öğlining tanasi boşdan oyoq jarohatlarga töla ekanini körişgan. Uning sözlariga köra, ösmirning bel, bilak, tizzalari, yelkalari va boş qismlarida jarohatlar bölgan. Butun tanada jami 20dan ortiq jarohat bölgan.
Ta'kidlanişiça, bugunga kelib muassasa mahalliy hukumat tomonidan yopilgan, rahbar va 4 nafar xodim politsiya tomonidan qölga olingan. Tergov olib borilmoqda, ölim sababi aniqlanmoqda.
Onaning ma'lum qilişiça, öğlini davolaşga jönatişdan oldin u maxsus maktabga qönğiroq qilgan, u yerda davolaşda psixologiya va harbiy tarbiya qöllanişi, jismoniy jazo qöllanmasligi aytilgan.
CRI ma'lumotlariga köra, internetga qaramlik Xitoyda 2008 yilning noyabridan rasman psixik kasallik deya tan olingan.
Xitoy xalqaro radiosining ma'lum qilişiça, XXRda 720 milliondan ziyod internet foydalanuvçisi bölib, ulardan 23 foizi - voyaga yetmaganlar.












