“Tolibon” radikal harakati AQŞ yetakçisi Donald Trampga oçiq xat yölladi. Unda qöşinlarni Afğonistondan olib çiqişga çaqirilgan, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ta'kidlanişiça, ingliz tilida yozilgan xat jurnalistlarga guruh vakili Zabihulloh Mujohid tomonidan yuborilgan.
Hujjatda aytilişiça, Tramp AQŞning Afğonistondagi siyosatini olib borişni harbiy generallarga topşirmasligi lozim. Buning örniga Amerika yetakçisi qöşinlar sonini oşirmasligi, balki ularning olib çiqilişi haqida ma'lum qilişi lozim.
Şuningdek, ta'kidlanişiça, qöşinlarni olib çiqiş “meros qilib olingan uruşga yakun” yasaydi.
Avvalroq Rossiya TIV AQŞga Afğoniston böyiça çaqiriq bilan çiqqandi.












