Filippinda maxsus reydlarning ikki kunida giyohvandfuruşlikka aloqador bölgan 21 kişi öldirildi.
Bundan taşqari, politsiya 64 gumonlanuvçini hibsga oldi, 21 ta öqotar qurol va 100 gramm metamfetamin moddasini qölga kiritdi. Huquq-tartibot idoralari hammasi bölib mamlakatning 12 ta şahrida 26 ta operatsiya ötkazişgan.
Ta'kidlaş joizki, Filippin hukumatining giyohvandfuruşlikka qarşi katta kölamli kuraşi davomida politsiyaçilar 30 iyulda Ozamis şahri meri, uning 6 nafar qarindoşi va qöriqçilarini otib öldirişgandi. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte özining an'anaviy murojaatida xalqaro taşkilotlar tomondan tanqid qilinişiga qaramasdan, giyohvandfuruşlarga qarşi qat'iy kuraşni davom ettirişini aytgan.
















