Latviya politsiyasi 14 avgustda Xitoyning huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda maxsus operatsiya ötkazdi. Operatsiya natijasida Latviyaning 3 ta şahrida Xitoyning 110 dan ortiq fuqarosi va Latviyaning bir fuqarosi 2 mln dollarga firibgarlik va kiberfiribgarlik işi böyiça qölga olindi. Bu haqda Latviya jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliği Yanis Lazdinşga iqtisob qeltirgan holda Delfi naşri xabar bermoqda.
Politsiyaning fikriça, ular bevosita jinoyat taşkilotçilari va uning ijroçilarini uşlaşga muvaffaq bölişgan. Qölga olinganlarning noqonuniy faoliyati nimadan iborat bölgani borasida aniqlik kiritilmagan.
Lazdinşning aytişiça, operatsiyaga 2 oydan köproq vaqt tayyorgarlik ketgan. Tergov natijasida politsiya Riga, Adaji va Saulkrasti şaharlarida 6 ta manzilni örnatişgan. Jinoyatçilar bu yerlardan 2017 yil iyuni oxiridan Xitoydagi qurbonlari bilan boğlanganlar.
Tintuvlar natijasida politsiya internetda firibgarlik bilan şuğullaniş böyiça yetarliça isbotlar qölga kiritgan va bu isbotlar öz tergovini olib borayotgan Xitoy politsiyasiga topşiriladi.
Maxsus operatsiyada latviyalik çegaraçilar ham iştirok etganlar. Hozir ular xitoyliklar Latviya hududi qançalik qonuniy bölganlarini tekşirmoqdalar. Şundan keyin gumonlanuvçilarni Xitoyga topşiriş masalasi hal qilinadi.












