Nigeriyada bir qator portlaşlar sodir etildi. Bunday portlaşlardan biri 27 kişining umriga zomin böldi, 83 kişi yaralandi. Portlaş mamlakatning şimoli-şarqida sodir etilgan. Nigeriya hukumati terakt ortida “Boko harom” guruhi jangarilari turganini taxmin qilmoqda. Bomba Konduga qişloğidagi bozorlardan birida xudkuş ayol tomondan harakatga keltirilgan. Bu haqda Reuters axborot agentiligi xabar bermoqda.
Yana ikki xudkuş birinçi terakt sodir etilgan joy yaqinidagi qoçqinlar lageri yonida özini portlatgan. Bu portlaşlar oqibatida heç kim halok bölmagan.
28 iyulda “Boko harom” jangarilari neft razvedkasi olib borayotgan geologlar guruhiga hujum qilgandi. Hujum oqibatida 50 kişi halok bölgan.












