Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 15 avgustda “Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA saytida keltirilgan.

Qarorga köra, Özbekiston Bastakorlar uyuşmasi faollar kengaşining Özbekiston Bastakorlar uyuşmasini Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi sifatida qayta taşkil qiliş haqidagi qarori ma'qullandi. 

Quyidagilar Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

xalqimizning estetik talab va ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda, zamonaviy ruhdagi badiiy yuksak asarlar yaratiş, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlar rivojiga alohida e'tibor qaratiş; 

yoş kompozitorlar, bastakorlar va musiqaşunoslar, barça ijroçilarning ijod bilan samarali şuğullanişlari uçun imkoniyat va şaroitlarni kengaytiriş; 

mamlakatimizning madaniy va ijtimoiy hayotida faol iştirok etiş, davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyuşmalar va boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikda musiqa san'ati sohasida ijod qilayotgan barça ijodkorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş; 

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş, musiqiy ta'lim-tarbiya sohasini takomillaştiriş, mumtoz va zamonaviy musiqa san'atini tarğib qiliş jarayonlarida faol iştirok etiş; 

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan ijodiy hamkorlikni kuçaytiriş, turli ijodiy tanlovlar ötkaziş, bastakorlar ijodini rağbatlantirişga qaratilgan konsertlar, festivallar, ijodiy keçalar va boşqa madaniy-ma'rifiy, ommaviy tadbirlarni taşkil etiş; 

xalqaro madaniy va musiqiy hamkorlik doirasini kengaytiriş, yoş kompozitor, bastakor va musiqaşunoslarni zamon talablari darajasida tayyorlaş, çet davlatlardagi taniqli kompozitorlar va musiqaşunoslar bilan özaro tajriba almaşişni yölga qöyiş; 

Özbekiston davlat konservatoriyasida soha vakillari uçun malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş; 

Nizom talablari asosida Uyuşma a'zolari safini yoş iste'dodli kompozitor va bastakorlar, musiqaşunoslar bilan töldirib boriş. 

Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpoğiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma'qullandi. 

Uyuşma va uning hududiy bölimlarining faoliyati bilan boğliq xarajatlarni qoplaş, şuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş manbai etib Özbekiston ijodkorlarini qöllab-quvvatlaş “Ilhom” jamoat fondi mablağlari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar belgilandi. 

Bu borada Uyuşma va uning hududiy bölimlari xodimlari mehnatiga haq tölaş xarajatlari Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan Fondga ajratiladigan byudjyet mablağlari (subsidiya) hisobidan qoplanişi nazarda tutiladi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Uyuşma hududiy bölimlarining aniq manzillar böyiça joylaştirilişini ta'minlaydi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Uyuşma a'zosi bölgan faol kompozitor va bastakorlar, musiqaşunoslarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joy yoki yer uçastkalari bilan ta'minlaş böyiça tegişli çoralarni köradi. 

“Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining “Döstlar klubi”ga rahbarlik qiliş yuzasidan bildirgan taşabbusi ma'qullandi. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi bilan birgalikda Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Yahyo Ğulomov köçasi, 69-uyda joylaşgan Uyuşma binosini ta'mirlaş, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, soha atoqli namoyandalarining elektron arxivini va maxsus fonoteka, ovoz yoziş studiyasi hamda “Musiqa ijodkorlari” muzeyini taşkil etişda homiylik yordami körsatiş haqidagi taklifi qöllab-quvvatlandi.

Uyuşma tavsiyasi bilan uning faol a'zolarini xorij davlatlariga malaka va tajriba almaşiş uçun Fond hisobidan xizmat safarlariga yuboriş tizimi yölga qöyiladi. 

Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov zimmasiga yuklandi.